LANGOBARDLAR
LANGOBARDLAR — german qabilalari. Langobardlar 568 yilda Italiyaga bostirib kirib o’z qirolliklarini tuzganlar. Bu Qirollik keyinchalik Buyuk Karl tomonidan bosib olingan (773-774). Lombardiya viloyatining nomi Langobardlardan olingan.

LAMINARIYA — laminariyasimon qo’ng’ir suv o’tlari turkumi.
LAKT …, LAKTO … (lotincha lactos — sut) — qo’shma so’zlar tarkibiy qismi bo’lib, sutga aloqadorlikni bildiradi (masalan, laktoza).
LAKRIMATORLAR (lotincha lacrima — bir tomchi yosh) — ko’z shilliq qavatiga ta’sir etib, uni kuchli yoshlantiruvchi zaharli moddalar guruhi.
LAYLAGANSOY — Surxondaryo viloyati Boysun tumanidagi soy. Sherobod- daryoning irmog’i. Ko’hitang tog’idan boshlanadi. Uzunligi 43 kilometr, havzasining maydoni 46,8 kilometr kvadrat. Laylagansoydan Boysun tumani xo’jaliklari suv ichadi.
LAGERR KO’PHADLARI — 0<x<+°° intervalda vazn funktsiyaga nisbatan ortogonal bo’lgan ko’phadlar sistemasi.