Alisher
Alisher-sherdek jasur va qo’rqmas bo’lsin degan niyatda qo’yiladigan ism; Ali qo’llab yursin

Alisher-sherdek jasur va qo’rqmas bo’lsin degan niyatda qo’yiladigan ism; Ali qo’llab yursin
Alinur-Ali qo’llab yursin va hayoti nurli, ravshan bo’lsin yoki Alining nuri, ziyosi, ya’ni muruvvatli
Aliniyoz-Alidan o’tinib, so’rab olingan bola yoki Alining tuhfasi, ehsoni
Alinazar-Alining Nazari tushgan, Alining iltifoti bo’lgan bola
Alimqul-har bir narsaning asl haqiqatidan mutlaq xabardor bo’lgan Allohning bandasi (“Abdul’alim” ismining o’zbekcha shakli).
Alimurod-Ali yetkazgan orzu, maqsad yoki Ali qo’llovchi bola ulg’ayib murod-maqsadga yetsin
Alimtosh-bilimdon, dono, bola toshdek mustahkam bo’lib o’ssin.
Alimnazar-bilimdon va dononing, ya’ni Allohning nazari tushgan bola
Alimyor-Alim-bilim va donolik sohibi, ya’ni Alloh qo’llovchi, yor bo’luvchi bola
Alimberdi-bilim va donolik sohibi, ya’ni Alloh bergan farzand