«VISHI»

«VISHI» — Frantsiyada 1940 yil iyul — 1944 yil avgustda mamlakatni nemis qo’shinlari okkupatsiya qilib turishgan davrda mavjud bo’lgan qo’g’irchoq tuzumning nomi. A. F. Leten hukumati o’rnashgan Vishi shahri nomidan … Read More

VISHAPLAR

VISHAPLAR — balandligi 5 metrgacha bo’lgan toshdan yasalgan baliq haykallari; qadimda (miloddan avvalgi 2 — yoxud 1-ming yillikda) suv va hosildorlik ma’budini aks ettirgan. Kavkaz va Mo’g’ulistonda uchraydi.

VITSE…

VITSE… (lotincha vice — o’rniga) — qo’shma so’zning tarkibiy qismi bo’lib, yordamchi, o’rinbosarlik lavozimi ma’nosi ifodasini anglatadi (masalan, vitse-Prezident, vitse-admiral).

VIFLEEM

VIFLEEM (cherkov-slavyancha; qadimgi yahudiycha Betlexem, hozirgi Bayt-Laxm) — Falastindagi shahar, Quddusning Janubda. Bibliyaga binoan podshox. Dovudning vatani va Iso payg’ambar tavallud topgan joy.

GIPER…

GIPER… (Yunoncha hyper — yuqori, o’ta) — qo’shma so’z tarkibiy qismi bo’lib, o’zi qo’shilgan so’zga: 1) yuqoridalik; 2) me’yordan ortiqlik (masalan, gipertoniya), o’ta darajadalik ma’no ifodalarini beradi.

GINEKOKRATIYA

GINEKOKRATIYA (Yunoncha qune — ayol va kratos — hokimiyat) — ayollar hokimiyati. Jamiyat taraqqiyotining xo’jalikda, ijtimoiy va siyosiy hayotda ayollar hukmronligidan iborat bosqichi. Fanda ko’pincha matriarxat termini ishlatiladi.

GIMN

GIMN (Yunoncha hymnos) — tantanavor qo’shiq, she’r. Yunonistonda dastlab afsonaviy xalq qahramonlari, xudolar sha’niga maqtovlar (hamdlar) tarzida vujudga kelgan. Keyinchalik shaxslar, davlatlar, voqea va hodisalarga ham bag’ishlangan Gimnlar paydo bo’lgan..

GILBERT FAZOSI

GILBERT FAZOSI — Evklid fazosi tushunchasini cheksiz o’lchovli hol uchun umumlashtiruvchi matematik tushuncha. Nemis matematigi D. Gilbert tekshirgan. Matematikaning turli sohalari va nazariy fizikada qo’llaniladi.

GILBERT

GILBERT — SGS va SGSM birliklar tizimlarida magnit yurituvchi kuch birligi. U. Gilbert (1544-1603) sharafiga qo’yilgan. Gb bilan belgilanadi. 1 Gb=0,796 A.