XRONO…

XRONO… (Yunoncha chronos — vaqt) — o’zlashma qo’shma so’zlarning birinchi qismi; o’zi qo’shilgan so’zning vaqtga aloqadorligini bildiradi (Masalan, xronologiya, xronometr).

XROMOFORLAR

XROMOFORLAR (xromo… va Yunoncha phoros — tashuvchi) — xromogenlar deb ataladigan organik birikmalarga ma’lum bir rang beradigan to’yinmagan atomlar guruhlari (masalan, —N=N—, SN=SN, N=0, >S=O). Xromogenlarni bo’yaladigan moddalar (masalan, tola) … Read More

XROMOSFERA

XROMOSFERA [xromo… va (atmo)sfera] — Quyosh atmosferasi qatlamlaridan biri. Bevosita fotosfera ustida joylashgan. Quyosh to’liq tutilgan paytda oddiy ko’zga gardishning atrofini uragan pushti halqa tarzida ko’rinadi.

XROMO…

XROMO… (Yunoncha croma — rang, bo’yoq) — o’zlashma qo’shma so’zlarning birinchi qismi; o’zi qo’shilgan so’zning rangga yoki kimyoviy element xromt aloqadorligini bildiradi (masalan, xromoskop, xromoforlar).

XOCH

XOCH, krest, salib — xristianlikning asosiy timsollaridan biri, pravoslavie va katolisizmu diniy siginish buyumi. Xochga sig’inish 4-asrda rasmiylashgan. Xristianlar rivoyati bo’yicha, Iso Xochga mixlab o’ldirilgan, shunga ko’ra, qatl quroli tasviri … Read More

XOTAMBANDI

XOTAMBANDI — yog’ochga yog’och, suyak, sadaf qadab bezak, naqsh yaratish usuli; shu usulda yaratilgan bezak ham Xotambandi deb ataladi. Amaliy bezak san’atida keng qo’llaniladi. Xotambandi usulida bezatilgan badiiy buyumlar (musiqa … Read More

XORTI (HORTHY) MIKLOSH

XORTI (HORTHY) MIKLOSH (1868-1957) — Vengriya diktatori (1920— 44), kontradmiral (1918). 1918 yildagi Kotor qo’zg’oloni va 1919 yildagi Vengriya sovet Respublikasidagi qo’zgolonlarni bostirishda ishtirok etgan. 1941 yilda Vengriya Germaniya tomonidan … Read More

XORION

XORION (Yunoncha chorion — qobiq, pust) — 1) yuksak sut emizuvchilarda tashqi murtak qobig’i, murtak (embrion) rivojlanishining boshlang’ich davrlarida hosil bo’ladi; 2) umurtqasiz hayvonlar va ayrim tuban umurtqalilar tuxumining ikkilamchi … Read More

XORVATLAR

XORVATLAR — xalq, Xorvatiyaning asosiy aholisi (3,8 million kishi). Shuningdek, Serbiya (200 ming kishi), Bosniya va Gersegovina (830 ming kishi)da yashaydi. Umumiy soni 5,65 million kishi (1990-yillar o’rtalari). Xorvat-serb tilida … Read More