XATMI QUR’ON

XATMI QUR’ON — Qur’onni batamom o’qish va shu munosabat bilan o’tkaziladigan diniy marosim. Ramazon oyida, tarovih namozida Qur’onni avvalidan oxirigacha tilovat qilib chiqilishi ham Xatmi Qur’ondir.

XATBOSHI

XATBOSHI, abzas — bosma yoki yozma matnda xatning birinchi qatoridan (yoki satr boshidan) joy tashlab boshlash. Adabiyotda Xatboshi matnning satr boshidan boshlanib, keyingi satr boshigacha davom etadigan qismi sifatida tushuniladi.

XASKOVO

XASKOVO — Bolgariyaning Janubiy qismidagi shahar, Xaskovska daryosi bo’yida. Xaskovo viloyatining ma’muriy markazi. Aholisi 80,8 ming kishi (2001). Mashinasozlik (kimyo, oziq-ovqat va tamaki sanoati uchun jihozlar ishlab chiqarish), oziq- ovqat, … Read More

XASAVYURT

XASAVYURT — Rossiya Federatsiyasi Dogaston Respublikasidagi shahar (1931 yildan). Yoriqsuv daryosi bo’yida. Temir yo’l stantsiyasi. Aholisi 84,8 ming kishi (1998). Oziq-ovqat (konserva, go’sht, aralash yem kombinatlari, sut zavodi) sanoati rivojlangan. … Read More

XARKOV UNIVERSITETI

XARKOV UNIVERSITETI — Ukrainadagi qadimgi universitetlardan biri. 1805 yil rossiyalik ma’rifatparvar, olim V.N. Karazin tashabbusi bilan tashkil etilgan. Fizika, matematika, biologiya, iqtisodiyot, geologiya, mashinasozlik, geografiya, priborsozlik, tarix, filologiya va boshqa … Read More

XARTUM MADANIYATI

XARTUM MADANIYATI — Sudandagi neolit davri (miloddan avvalgi 7-ming yillik oxiri — 4-ming yillik)ga mansub madaniyat. Xartum shahri yaqinidan topilgani uchun nomi shundan. Manzilgohlardan mikrolitlar, tosh iskana va boltalar, yorg’uchoqlar, … Read More

XARITA-SXEMA

XARITA-SXEMA — xaritagrafik tasvir va geografik asos elementlari soddalashtirib tasvirlangan xarita. Xarita-sxemada xaritagrafik to’r ko’rsatilmaydi. Xarita-sxema ob’yekt (voqea, hodisa yoki jarayon) haqida umumiy tasavvur beradi va uning eng muhim xususiyatlarini … Read More

XARITA

XARITA (Yunoncha chartes — varaq yoki xat yoziladigan papirus), karta — yer yuzasi, boshqa osmon jismlari yoki kosmik fazoning matematik aniq belgilangan, kichraytirilgan, umumlashtirilgan tasviri. Qabul qilingan shartli belgilar sistemasida … Read More

XARAKTERISTIKA

XARAKTERISTIKA (matematikada) — 1) xususiy hosilalk differentsial tenglamalar 6n bog’liq maxsus oddiy differentsial tenglama (xarakteristikalar tenglamasi)ning integral chiziqlari. Xarakteristika tushunchasi ixtiyoriy sondagi argumentli, chiziqsiz tenglama holda tenglamalar sistemasi uchun ham … Read More

XARAKTERISTIK TENGLAMA

XARAKTERISTIK TENGLAMA — kvadrat matrisa asosida tuziladigan tenglama. U X ga nisbatan ldarajali algebraik tenglama bo’lib, chap tomonidagi ko’phad matrisaning xarakteristik ko’phadi deyiladi.