VAN BUREN (VAN BUREN) MARTIN
VAN BUREN (VAN BUREN) MARTIN (1782-1862) — AQShning 8-prezidenti (1837-41). Demokratlar partiyasidan. 1829 yil davlat kotibi, 1833-37 yillarda vitse-prezident bo’lgan.

VAN BUREN (VAN BUREN) MARTIN (1782-1862) — AQShning 8-prezidenti (1837-41). Demokratlar partiyasidan. 1829 yil davlat kotibi, 1833-37 yillarda vitse-prezident bo’lgan.
VANADIY QOTISHMALARI — vanadiyning alyuminiy (A1), volfram (W), titan (Ti), tsirkoniy (Zr), niobiy (Nb) bilan hosil qilgan maxsus qotishmalari. Suv va ko’p kislotalar ta’siriga chidamli bo’ladi. To’qimachilik, lok-bo’yoq, shisha sanoatida … Read More
VAN — qadimda va o’rta asrlarda Xitoy va Koreyadagi davlatlar hamda Knyazliklarda hukmdor unvoni.
VAMPUM (indeyscha wampumpead — ipga tizilgan chig’anoqlar, munchoq) — Shimoliy Amerikadagi indeys qabilalarida yodda saqlash va axborot uzatish vositasi. Xabar mazmuni chig’anoklarning rangi, soni va o’zaro joylashuvi bilan bildirilgan.
VAMPIR — ba’zi slavyan xalqlarining e’tiqodiga ko’ra, go’rdan chiqib odamlarning qonini so’ruvchi arvoh. Ko’chma ma’noda — qonxo’r, zolim odam.
VALYUTA KONVERTATSIYASI (lotincha conversio — almashtirish), valyuta almashinuvi — mamlakat milliy valyutasining xorijiy valyutalarga yoki xalqaro to’lov vositasi sifatida amal qiluvchi valyutaga erkin almashtirilishi.
VALYUTA AUKTSIONI — chet el valyutasining milliy valyutaga kimoshdi savdosi orqali kelishilgan narxlarda sotilishi. Auktsionda korxonalar, firma, tashkilot, aktsiyador jamiyatlar va fuqarolar ishtirok etishi mumkin. Ixtiyorida chet el valyutasi bo’lgan … Read More
VALNE’MA, valiyne’mat — Turkistonda mavjud bo’lgan unvonlardan biri. 18-asrning birinchi yarmida mustaqil Shahrisabz hokimlarining ismidan keyin qo’shib aytilgan (masalan, Olimbek valne’ma).
VALLONLAR — Belgiyadagi xalq (3,92 million kishiga yaqin). Frantsiya, AQSh va boshqa joylarda ham yashaydi. Umumiy soni 4,1 million kishi (1990-yillar o’rtalari). Frantsuz tilining Vallon lahjasida gaplashadi. Dindorlari — katoliklar.