GOMOYOTERM HAYVONLAR

GOMOYOTERM HAYVONLAR (gomo… va Yunoncha therme — issiq) — issiq qonli hayvonlar; atrof muhit haroratiga qaramasdan tanasining ichki haroratini nisbatan bir xil darajada doimiy ushlab turadigan hayvonlar. Gomoyoterm hayvonlarga sut … Read More

GOMOMORFIZM

GOMOMORFIZM (gomo… va Yunoncha morphe — tur, shakl) — algebrada amallarni saqlaydigan, ya’ni ip(a*b)= = f(v) * f(6) xossaga ega akslantirish.

GONADALAR

GONADALAR (Yunoncha gone — keltirib chiqarish, gonao — keltirib chiqaraman) — hayvonlar va odamda jinsiy hujayralar (tuxum va spermatozoidlar) va jinsiy gormonlar hosil qiladigan organlar.

GONDLAR

GONDLAR — Hindistondagi dravidlar guruhiga mansub xalq. 3,8 million kishi (1990-yillar o’rtalari). Gondi tilida so’zlashadi. Dindorlari — asosan, Hinduizmga, bir qismi an’anaviy diniy e’tiqodlarga amal qiladi.

GONDURASLAR

GONDURASLAR — xalq, Gondurasning asosiy aholisi (5,15 million kishi). Umumiy soni 5,3 million kishi (1990-yillar o’rtalari). Asosan, ispan-indeys metislari (ladino). Ispan tilining maqalliy lahjasida so’zlashadi. Dindorlari — asosan, katoliklar.

…GONIYA

…GONIYA (Yunoncha goneia — tug’ilish) — qo’shma so’z bo’lagi. Paydo bo’lish, kelib chiqish, tug’ilishni ifodalaydi. Masalan, kosmogoniya.

GONORAR

GONORAR (lotincha honorarium — xizmat evaziga mukofot) — badiiy, musiqiy, ilmiy asarlar, kashfiyotlar va boshqalar muallifiga to’lanadigan pul mukofoti, Gonorar, shuningdek, muallif asarlaridan foydalanganlik yoki chop etganlik uchun uning vorisiga … Read More

GORDIMER (GORDIMER) NADIN

GORDIMER (GORDIMER) NADIN (1923.20.5, Yoxannesburg) — JAR yozuvchisi. «Yolg’on kunlar» (1953), «Musofirlar yeri» (1958) va «kiborlar dunyosining aft-angori» (1966) romanlari, «ilonning nozik ovozi» (1952), «olti fut yer» (1956) va boshqa … Read More

GORIZONTALLAR

GORIZONTALLAR, izogipelar — geografik xaritada dengiz (dunyo okeani) sathida nisbatan bir xil balandliqda bo’lgan nuqtalarni birlashtiradigan chiziqlar. Gorizontallar yer yuzasini relefi to’g’risida tasavvur beradi.