GRANADA AMIRLIGI

GRANADA AMIRLIGI, G’arnota amirligi — Pirenei yarim orolidagi so’nggi Arab davlati (poytaxti — Granada). 1238 yilda tashkil topgan. Kastiliya bilan bo’lgan kurashda yengilgan (1492).

GRAN

GRAN (lotincha granum — don) — 1) o’lchovlarning metrik tizimi kirgunga qadar rus dorixona amaliyotida qo’llanadigan massa birligi. 1 Gran =62,209 mg; 2) ingliz o’lchov tizimida savdo, dorixona va qimmatbaho … Read More

GRAMMOFON PLASTINKASI

GRAMMOFON PLASTINKASI -tovush (nutq, muzika, ashula) yozib olingan disk. Plastmassa, tselluloida, atsetilsellyulozadan yasaladi. Tovush diskning ikki tomoniga mexanik usulda spiral ariqcha tarzida yozib olinadi. Ariqchalarda yozib olingan tovush tebranishlariga mos … Read More

GRAMMOFON

GRAMMOFON (Yunoncha gramma — harf, yozuv va phone — tovush) — gramplastinkaga yozilgan tovushni qayta eshittiruvchi apparat. Aylanuvchi gramplastinka ariqchasida Grammofon ignasining tebranishlari karnay orqali kuchaytirilayotgan membranaga uzatiladi. Grammofonning ixcham … Read More

GRAMMATOLOGIYA

GRAMMATOLOGIYA (Yunoncha Grammatos — xarf) — turli davrlardagi turli joylarda tarqalgan yozuvni tadqiq etish bilan shug’ullanuvchi fan sohasi.

GALVANOSKOP

GALVANOSKOP — elektr zanjirida tok bor-yo’qligini va tok yo’nalishini aniqlaydigan asbob. Tuzilishi milli galvanometri o’xshaydi.

GAMILKAR BARKA

GAMILKAR BARKA (Hamilcar Barca) (miloddan avvalgi 285-229) — Karfagen sarkardasi. Gannibamsht otasi. 1-Puni urushi (miloddan avvalgi 264-241)da rimliklar ustidan Sisiliyada bir necha bor g’alaba qozongan (miloddan avvalgi 247-241). Miloddan avvalgi … Read More

GAMMA

GAMMA, ranglar gammasi — o’zaro uyg’un (biri etakchi bo’lgan) rang tuslari sirasi. tasviriy va amaliy bezak san’atida badiiy asar yaratishda keng qo’llaniladi. Iliq, sovuq, yorqin ranglar Gammasi farqlanadi.

GAMMA-DEFEKTOSKOPIYA

GAMMA-DEFEKTOSKOPIYA — buyumlarning ichki nuqsonlarini gamma-nurlar yordamida aniqlash usuli. Metallar (kobalt, iridiy va boshqalar)ning radioaktiv izotoplari chiqarayotgan gamma-nurlarning yutilishini o’lchashga asoslangan. Gamma-Defektoskopiya bilan ishlayotganda biologik muhofaza zarur.