GAMMA-KVANT

GAMMA-KVANT (u-kvant) — katta energiyaga (odatda 105 elektron-voltdan katta) ega elektromagnit maydon kvanti. Zarra va antizarralar annigilyatsiyasida hosil bo’ladigan fotonlar xam u-kvantlar deyiladi. Gamma-kvant, masalan, atom yadrolaridagi kvant o’tishlar va … Read More

GAMMA — SPEKTROSKOPIYA

GAMMA — SPEKTROSKOPIYA — gamma-nurlanish spektrlari, energiyasi hamda gamma-yemirilish sodir bo’ladigan atom yadrolarining xossala- rini o’rganuvchi spektroskopiya bo’limi. Gamma-nurlanish spektrlari olish uchun maxsus asboblar ixtiro qilingan.

GANDASOY

GANDASOY — Qashqadaryo viloyati, Yakkabog’ tumanidagi soy. Yakkabog’daryoga chapdan quyiladigan Sho’rsoyning irmog’i. Boysun tog’ining shimoliy-g’arbiy yon bag’irlaridan oqib tushuvchi 10 ga yaqin mavsumiy suv oqadigan irmoqlarning qo’shilishidan hosil bo’ladi. Uzunligi … Read More

GANDUM

GANDUM (forscha — bug’doy) — forslarning qadimgi og’irlik o’lchov birligi; aynan bug’doy donining o’zginasi. Kiymat jihatidan arpa doni qiymati (0,048 gramm) ga teng.

GANJA XONLIGI

GANJA XONLIGI — Ozarbayjonning kura daryosi vodiysida 18-19-asr boshlarida mavjud bo’lgan davlat. Markazi — Ganja shahri 1795 yil Eron bosib olgan; 1804 yildan Rossiya imperiyasi tarkibida.

GANNIBAL ABRAM (IBROHIM) PETROVICH

GANNIBAL ABRAM (IBROHIM) PETROVICH (taxminan 1697-1781) — rus harbiy muhandisi, general-anshef (1759). Efiopiya knyazi o’g’li. Petrning kamerdineri va kotibi. A. S. Lushkinnit bobokaloni. Pushkin Gannibal xotirasini «Buyuk Pyotrning habashi» nomli … Read More

GAOSHAN

GAOSHAN (xitoycha — tog’liklar) — Tayvan (Xitoy) orolidagi xalkdar guruhi (atayyal, Sou, Amey, bunun va boshqalar). 340 ming kishi (1990-yillar o’rtalari). Indonez guruhiga mansub tillarda so’zlashadi. An’anaviy diniy e’tiqodlar saqlangan.

GAPRINDASHVILI NONA TERENTEVNA

GAPRINDASHVILI NONA TERENTEVNA (1941.3.5, Zugdidi shahri) — gruzin shaxmatchisi, ayollar o’rtasida 5-jahon chempioni (1962-1978). Gaprindashvili ayollardan 1-bo’lib erkaklar o’rtasidagi xalqaro grossmeyster unvonini olgan. «Oskar» shaxmat sovrindori (1982). Gruziya Milliy Olimpiya … Read More