GDANSK QO’LTIG’I

GDANSK QO’LTIG’I, Gdansk buxtasi — Boltiq dengizidagi muzlamaydigan sayoz qo’ltiq. Quruqlikka 74 kilometr kirib borgan, kiraverish qismining kengligi 107 kilometr, chuqurligi 115 metrgacha, suvining sho’rligi 8%o. Qirg’oqlari qumli. Gdansk qo’ltig’iga … Read More

GALVANO…

GALVANO… (L. Galvaninomidan) — galvanik tokka taalluqli bo’lgan qo’shma so’zlarning tarkibiy qismi (masalan, galvanometr, Galvanotexnika va boshqalar).

GALTEL

GALTEL (nemischa Hohlkehle — o’yiqcha, Nov) — 1) buyum (detal)larning bir sirtidan ikkinchisiga ravon o’tiladigan joyi. Galtel buyumlarning mustahkamligini oshiradi, ichki kuchlanishini kamaytiradi; 2) yuz tomoni shakldor qilib yo’nilgan ensiz … Read More

GALO

GALO (Fransuzcha halo, Yunoncha halos — Quyosh yoki oy gardishi) — atmosferada sodir bo’ladigan optik hodisa. Asosan muz kristallaridan tashkil topgan patsimon qatlamli baland bulutlarda yorug’likning sinishi va qaytishi natijasida … Read More

GALLON

GALLON (inglizcha gallon) — ingliz o’lchov tizimida hajm (sig’im, sig’diruvchanlik) birligi. Buyuk Britaniyada 1G=4,54609 dm3, AQShda suyuqlik uchun 1G=3,78543 dm3, quruq jismlar uchun 1G=4,405 dm3. Gallonning ulush birliklari — Pinta … Read More

GALLAR TILI

GALLAR TILI — hind-Yevropa tillar oilasining kelt guruhiga mansub. 5— 6-asrlarda Galliya hududida lotin tili tomonidan siqib chiqarilgan. Yevropaning boshqa hududlarida bundan ham oldinroq iste’moldan qolgan, hozirgi o’lik til.

GALISIYALIKLAR TILI

GALISIYALIKLAR TILI — hindyevropa tillari oilasining roman guruhiga mansub til. Galisiyaning rasmiy (ispan tili bilan bir qatorda) tili. Unda so’zlashuvchilar soni 4,2 milliondan ortiq (1990-yillar o’rtalari). Yozuvi lotin grafikasi asosida.

GALATLAR

GALATLAR — qadimgi kelt qabilalari. Miloddan avvalgi 278 yilda kichik Osiyo yarim oroliga bostirib kirib, miloddan avvalgi taxminan 232 yil Kichik Osiyoning Markaziy qismida o’rnashib olganlar.