GO’RXONA

GO’RXONA — maqbara tagidagi o’lik ko’mish uchun mo’ljallangan maxsus xona, yerto’la, Sardoba. Amir Temur maqbarasi, Bibixonim maqbarasi, Shohizinda ansamblidagi ko’pgina maqbaralar tagida yerto’la Go’rxonasi bo’lgan.

GUARANI

GUARANI, gvarani — Paragvay pul birligi. 1943 yilda peso o’rniga chiqarilgan. Xalqaro ifodasi rus 1 Guarani = 100 santimo. Valyutalar kursi bo’yicha 1 AQSh dollari = 1913,7 Guarani (1994).

GUARANI

GUARANI — 1) tupi-guarani guruhiga mansub indeys xalqlarining Janubiy tarmog’i. 2) Paragvaydagi indeys xalqlaridan biri. 30 ming kishi (1990-yillar o’rtalari). Guaranilar hozirgi paragvayliklarning shakllanishida qatnashmoqdalar. Guarani tilida so’zlashadilar. Dindorlari katoliklar.

GRUNTSHUNOSLIK

GRUNTSHUNOSLIK — gruntlarni ular ustiga turli inshootlar qurish imkoniyati nuqtai nazaridan o’rganadigan muhandislik geologiyasinnng bir sohasi.

XAOS

XAOS (Yunoncha chaos — tartibsizlik) — yunon mifologiyasida azaliy cheksiz fazo. Olamning yaratilishigacha mavjud bo’lgan. Xaos — koinot manbai, u Geya (yer), Erot (sevgi), Ereb (qorong’ulik) va Nyukta (tun)ni yaratgan, … Read More

XARAKTER

XARAKTER (Yunoncha character — xususiyat, o’ziga xoslik) — 1) odam, narsa va hodisalarning o’ziga xos xususiyati (masalan, joy Xarakteri); 2) psixologiyada — odamning hatti-xarakati va atrof muhitga munosabatida namoyon bo’ladigan … Read More

XANSHUY

XANSHUY, Xantszyan, Szyuyxe — Xitoydagi Daryo, Yantszi daryosi irmog’i. Uzunligi 1532 kilometr, havzasining maydoni 174 ming kilometr kvadrat. Tsinlin tizmasining Janubiy yon bag’irlaridan boshlanib, Szinxan tekisligidan oqadi. O’rtacha suv sarfi … Read More

XANTILAR

XANTILAR (o’zlarini xante — «inson, odam» deb atashadi) — xalq. Rossiya Federatsiyasining Xantimansi (11,9 ming kishi) va Yaman- Nenes (7,2 ming kishi) avtonom okruglari va Tomsk viloyatida yashaydilar. Rossiya Federatsiyasidagi … Read More

XANOY UNIVERSITETI

XANOY UNIVERSITETI — Vetnamdagi yirik oliy o’quv yurtlaridan biri. 1918 yil Xanoy shahrida tashkil etilgan. 1956 yil qayta tuzilgan. Ijtimoiy fanlar, fizika, matematika, kimyo, biologiya, tarix, geologiya va geografiya, Vetnam … Read More

XANI

XANI (o’zlarini «odamlar» deb atashadi) — Xitoy (1,3 million kishi) va Hindixitoydagi xalqlar guruhi. Umumiy soni 1,48 million kishi (1990-yillar o’rtalari). Lolobirma til guruhiga mansub tilda so’zlashadi. Xanida poliginiya, levirat, … Read More