ARPOQSOY

ARPOQSOY, Arpoksais — skiflar bobokaloni Targ’itoshning o’rtancha o’g’li. Gerodotning yozishicha, rivoyatlarga ko’ra Arpoqsoydan skiflarning katiarlar va traspiylar qabilasi tarqalgan. Bu qabilalar podsho skiflar qavmidan bo’lgan.

ARPEJIO

ARPEJIO (italyancha arpeggio — Arfada chalish) — ko’pincha past tovushdan boshlanadigan akkord tovushlarining ketmaket ijro etilishi. Arpejio ko’proqarfada, shuningdek fortepiano kabi cholg’ularda keng qo’llaniladi.

ARPAG’ON

ARPAG’ON (Eremopyrum) — bug’doydoshlar oilasiga mansub bir yillik o’simliklar turkumi. Poyasi silliq, tuksiz, bo’yi 4 — 25 santimetr. Bargining eni 3-4 millimetr, tukli. Boshog’i tuxumsimon, uzunligi 1,5 — 3 santimetr, … Read More

ARPAJEVAK

ARPAJEVAK — xotin-qizlar bo’yniga taqadigan ziynat buyumi, jevakning bir turi. Arpa shaklida ishlangan yupqa kumush yoki yuziga tilla suvi yuritilgan kumush donachalaridan iborat bo’lib, qora ipak ipga bir dona marjon, … Read More

ARPABODIYON

ARPABODIYON (Anisum) — ziradoshlar oilasiga mansub bir yillik o’tlar turkumi; 2 turi bor. O’zbekistonda oddiy Arpabodiyon (Arpabodiyon Vulgare) ekiladi. Uning pastki barglari buyraksimon (yoki uch bo’lakli), yirik arra tishli, yuqoridagilari … Read More

ARPA DONI

ARPA DONI — 1) qadimgi og’irlik o’lchov birligi. Ming dona arpaning og’irligi 40,9510 -gramm 40,9514 gramm bo’lgani uchun 1 dona arpaning og’irligi o’rtacha 0,0409512 grammga teng, deb olingan. Ilgari mana … Read More

ARPA

ARPA (Hordeum) — g’alladoshlar oilasiga mansub bir va ko’p yillik o’tsimon o’simliklar turkumi. Yevrosiyo va Amerikada 30 ga yaqin turi ma’lum. Dehqonchilikda Arpa O’rta Osiyo (Turkmaniston Janubi) da miloddan avvalgi … Read More

AROMATIK UGLEVODORODLAR

AROMATIK UGLEVODORODLAR — molekulasida benzol yadrosi bo’lgan uglevodorodlar. Aromatik uglevodlarning asosiy vakillari benzol (S6N6) va uning hosilalaridir (masalan, toluol — S6N5 — SN3, stirol — S6N5— SN = SN2 va … Read More

AROMATIK BIRIKMALAR

AROMATIK BIRIKMALAR (Yunoncha aroma — xushbo’y, muattar) — molekulasi bir yoki bir necha benzol yadrolaridan tashkil topgan organik birikmalar va ularning hosilalari. Eng oddiy vakillari — benzol (S6N6) va uning … Read More

AROBA TURO

AROBA TURO — turkiy xalqlarda harbiy istehkom turi. Arobaning «arava» ma’nosidan tashqari qo’shinlarni himoya qilish uchun O’rda atrofiga qaziladigan «xandaq» ma’nosi ham bo’lgan. Turo — «odam bo’yidek qalqon», yassi xoda … Read More