ARKOZLAR

ARKOZLAR (arkozli qumtoshlar) — asosan, kvars va uzgarmagan kaliyli dala shpatlari hamda qisman plagioklazlardan tarkib topgan chaqiq yotqiziklar. Arkozlarning tsementa: slyudaning mayda zarrachalari hamda gil minerallari (kaolinit, gidroslyuda va boshqalar), … Read More

ARKANZAS

ARKANZAS — AQShdagi daryo, Missisipi daryosining o’ng irmog’i. Uzunligi 2410 kilometr, havzasining maydoni 416 ming kilometr kvadrat. Qoyali tog’lardan boshlanib, Buyuk va Markaziy tekisliklardan o’tadi. Bahorda to’lib oqadi, ba’zan toshadi, … Read More

ARKA USTUNI

ARKA USTUNI — tog’jinslarini ko’tarib turadigan tayanch; asosan, arka (ravoq) sxemasida yoki bir-biriga birlashtirilgan arkalar yig’indisi ko’rinishida yasaladi. Konlarda yer osti yo’laklarini mustahkamlash uchun qo’llaniladi. Arka ustuni temir-beton va maxsus … Read More

ARK

ARK — O’rta Osiyo ko’hna shaharlaridagi hukmdorlar qarorgohi joylashgan qal’aband O’rda. Yozma tarixiy manbalarda ko’handiz, diz, koh, qasr, qal’a, Hisor nomlari bilan ham tilga olinadi. Tabiiy baland tepa yoki maxsus … Read More

ARYANA VEJA

ARYANA VEJA — Xorazmning Avestodagi qadimiy nomi. Zardushtiyliknit muqaddas olovi — «Azarxo’rro» birinchi marta yoqilgan yurt.

ARIQCHA

ARIQCHA — yog’och o’ymakorligida qo’llanadigan naqsh; o’yma yo’l, chiziq. U pardoz qalam bilan yog’och sirtiga nafis o’yiladi. Ganchkorlikda Ariqcha choka pardoz deb yuritiladi.

ARIQ QAZIGICH

ARIQ QAZIGICH, zovur qazigich — muvaqqat ariq, o’q ariq va zovur qazishga mo’ljallangan mashina. Shatakka olinadigan (km-1400 M), tirkama (MK-13) va o’rnatma (D-716, KFM-1200 A) xillari bor; 20 santimetrdan 1,2 … Read More

ARIQ OQSOQSHI

ARIQ OQSOQSHI – Turkistonda 19-asrning 2-yarmida daryodan boshlangan bosh ariqlarni boshqaruvchi mirob. Ariq oqsoqshi qo’l ostidagi ariqlar bir nechta tumanlarni sug’organ. U shu ariqlarni nazorat qilib turish va dehqonlarni suv … Read More