Eritgich

Eritgich – tarkiblarga zarur bo’lgan konsistentsiya (suyuq-quyuqlik darajasi)ni beruvchi suyuqlik. Benzin, uayt-spirt, skipidar moyli bo’yoqlar uchun eritgich sifatida xizmat qilsa, atseton perxlorvinilli bo’yoqlar uchun eritgich sifatida qo’llaniladi.

Eshak (chorpoya)

Eshak (chorpoya) – qurilish eshaklari universal xususiyatga ega qurilmalar bo’lib, asosan quruvchilar tomonidan ta’mirlash, pardozlash va boshqa ixtisoslashtirilgan ishlarda foydalanishadi. Masalan: ko’chma chorpoya, suriladigan chorpoya va hokazolar.