ESTONIYA
ESTONIYA, Estoniya Respublikasi — Sharqiy Yevropada, Boltiq dengizi bo’yidagi davlat. Maydoni 45,2 ming kilometr kvadrat. Aholisi 1,408 million kishi (2003). Poytaxti — Tallin shahri ma’muriy jihatdan 15 uezdga bo’linadi. Davlat … Read More

ESSENTSIYA (lotincha — mohiyat, negiz) — biror moddaning o’tkir damlamasi yoki eritmasi. «Essentsiya» termini, ko’pincha, biror erituvchi bilan eritib (ajratib) olingan o’simlik moddalariga nisbatan ishlatiladi, masalan, gul Essentsiyasi. Essentsiya ishlatish … Read More
ESKI DUNYO — qadimiy dunyo va o’rta asr kishilariga ma’lum bo’lgan 3 qit’a — Yevropa, Osiyo va Afrikaning umumiy nomi. Bu nomning aksi yangi dunyodir.
ESKADRILYA (Fransuzcha) — bir necha zvenolardan iborat harbiy va fuqaro aviatsiyasi (9-25 samolyot, vertolyot) bo’linmasi. Bir necha Eskadrilya aviapolk (aviaguruh, aviaqanot) ni, fuqaro aviatsiyasida — otryadni tashkil qiladi. Zamonaviy harbiy … Read More
ESKADRA (Fransuzhca) — 1) turli darajadagi harbiy kemalarning operativ-taktik qo’shilmasi (birlashmasi); 2) ayrim xorijiy mamlakatlar armiyalarining harbiy havo kuchlarida samolyotlar yoxud raketalar birlashmasi.
ESI PASTLIK — aqliy qobiliyat (intellekt)ning zaiflashuvi, bunda dastlab xotira buzilishi kuzatilib, borabora kishining so’z boyligi, tasavvur va tushunchalari kamayadi, xotira va nutqning buzilishi, albatta, fikrlash jarayoniga ta’sir ko’rsatadi.
ES — 1) tor ma’noda — aql, ong so’zlarining ma’nodoshi; 2) idrok qilingan narsa va hodisalarni xotirat saqlash qobiliyati.