ABBOS MAHMUD

ABBOS MAHMUD (1935, Falastinning Safad shahri) — Falastin davlat arbobi. Damashq universitetini tugatgan. Dastlab Qatar davlatining ma’muriy tizimida xizmat qilgan. Siyosiy faoliyatini Qatardagi falastinliklar guruhlarini tashkil etish va birlashtirishdan boshlagan. … Read More

ABAQA

ABAQA, Abaqaxon (1234.3, Mo’g’uliston — 1282.1.4, shaxu) — Elxon, hulokuiylardan bo’lgan Eron hukmdori (1265-82). Eronga 1256 yil otasi Huloku bilan birga kelgan. Otasi vafotidan so’ng Elxon etib saylangan, lekin ulug’ … Read More

ABATAYXON

ABATAYXON (1534-86) — mo’g’ul xoni; Tushetuxonlar sulolasi asoschisi. Oyrotlar bilan kurash olib borib, 1577 yil ularni bo’ysundirgan. Shu yili Abatayxon o’g’lini oyrot xoni deb e’lon qilgan. Abatayxon vafotidan so’ng oyrotlar … Read More

ETNA

ETNA (Yunoncha — alangalamoq) — Sisiliya o.ning shimoliy Sharqiy qismidagi harakatdagi vulkan, Italiyada. Balandligi 3340 metr (Yevropada eng baland vulkan). Shakli yassi konussimon. Yon bag’rida juda ko’p mayda krateri, bazalt … Read More

ETIMON

ETIMON (Yunoncha — haqiqat) — hozirgi tilda mavjud muayyan so’z yoki morfemaning kelib chiqishiga asos bo’lgan so’z, morfema yoki so’z birikmasi; so’zning dastlabki ma’nosi va shakli. Masalan, qattiq so’zining yuzaga … Read More

ETIOLOGIYA

ETIOLOGIYA (Yunoncha — sabab va …logiya) — patologiyanit bir bo’limi. Kasallikning yuzaga kelish sabablari va shart-sharoitini o’rganadi (masalan, gripp Etiologiyasi — virus). Etiologiyani o’rganish kasallikning oldini olish va davolashda muhim … Read More

ETNOGEOGRAFIYA

ETNOGEOGRAFIYA (etno… va geografiya) — etnografiyaning bir bo’limi. Yer shari, alohida mamlakatlar va ularning tumanlari aholisining tarkibi va joylashishini o’rganadi. Shuningdek, Etnogeografiya qadimgi va hoz. etnik birliklarnit joylashishini tekshiradi. Etnogeografiyaga … Read More

ETNOGENEZ

ETNOGENEZ (etno… va …genez) xalqning kelib chiqishi. Tarix fanidagi mavjud ilmiy metodologik ishlanmaga ko’ra, Etnogenez deb ilgaridan mavjud bo’lgan bir necha etnik komponentlar asosida yangi etnos (elat)ning vujudga kelishiga aytiladi. … Read More

ETNO…

ETNO… (Yunoncha — qabila, elat, xalq) — o’zlashma qo’shma so’zlarning birinchi qismi; elat, xalq va ularga oidlik ma’nolarini bildiradi (masaalan, etnogenez, etnografiya).