Tozalash (shilishga oid)
Tozalash (shilishga oid) – yog’ochni qobiqdan tozalash. Masalan: suv purkab tozalash, kimyoviy usulda tozalash va hokazolar.

Tozalash (shilishga oid) – yog’ochni qobiqdan tozalash. Masalan: suv purkab tozalash, kimyoviy usulda tozalash va hokazolar.
Tozalash (artishga oid) – biror narsani artish uchun ishlatiladi.
Toj – shoh qulohini eslatuvchi gumbaz turi. Tojdor gumbaz kabi.
Tog’ora (tos) – og’zi keng idish. Ganch qorish uchun sopol tog’ora ishlatilgan. Masalan: qorishtirish tog’orasi.
Tog’ hosil bo’lishi – shiddatli ko’tariluvchi tektonik harakatlar ta’sirida tog’ tuzilmalari paydo bo’lishining geologik jarayoni, uning tezligi Yer yuzasining tekislanishiga olib keladigan jarayonlar tezligidan (denudatsiya, yoriqlar) oshadi.
Tog’ terak (ansol) – tol oilasiga mansub terak turkumiga kiruvchi bargli daraxt turi. Yevropa va Osiyodagi mo’tadil va sovuq iqlimli hududlarda keng tarqalgan.
Tog’ jinslarining mikro tuzilishi – tog’ jinslaridagi mineral donalarining va donalarinign chegara oralari tuzilishi.
Tog’ jinslarining yemiruvchanligi – tuproq qatlamiga ta’sir qiluvchi harakatlanuvchi suv ta’sirida tuproqlarning qulash xususiyati. Muhandislik geologiyasida tuproqlarning suvga chidamliligi xususiyatlaridan biri.
Tog’ jinslariga ishlov berish – foydali qazilmalarni qidirish va qazib chiqarish maqsadida tog’ ishlarini amalga oshirish, muhandislik-geologik qidiruv o’tkazish va yer osti inshootlari qurilishi natijasida vujudga keluvchi yer qatlami bo’shlig’i.