DURBOR

DURBOR (fors, darbor — Kabul marosimi, zal, shoh saroyi) — yaqin va O’rta Sharq davlatlarida o’rta aerlarda podshoh huzuridagi saroy amaldorlari kengashi, tantanali qabul marosimi.

DURBIN

DURBIN (forscha — uzoqni ko’ruvchi), binokl — uzoqdagi narsalarni ko’rish va kuzatish uchun xizmat qiladigan optik asbob. Har qanday Durbin bir-biriga yonma-yon o’rnatilgan ikki trubaga ma’lum tartibda joylashgan ob’yektiv linza … Read More

DURBEK

DURBEK (14-asr oxiri — Balx — 15- asr boshi) — o’zbek shoiri. Uning «Yusuf va Zulayho» dostonigina yetib kelgan. Durbekning «Yusuf va Zulayho» dostoni 1409 yil yozilgan. Doston asosini Sharqda … Read More

DURBAN

DURBAN, Port-Natal —JAR ning sharqidagi shahar, Natal provintsiyasida. Hind okeani sohilidagi yirik port, yillik yuk ortib-tushirish 18 million tonna. Aholisi 720 ming kishidan ziyod (1990-yillar o’rtalari). Kimyo, neftni qayta ishlash, … Read More

DURAFTOR

DURAFTOR — naqsh turi; naqsh mujassamotida ikki tanob yoki ikki bandning juft holda takrorlanishidan tarkib topadi. Masalan, ikki yo’lli ilon izi shaklidagi naqsh. Amaliy san’atda keng qo’llaniladi.

DURANGO

DURANGO — Meksikadagi shahar, G’arbiy Serra-Madre tog’i etagida. Durango shtatining ma’muriy markazi. Aholisi 350 ming kishidan ziyod (1990-yillar o’rtalari). Muhim transport yo’llari tuguni. Konchilik (oltin, kumush, temir rudasi, qalay) va … Read More

DURA-YEVROPOS

DURA-YEVROPOS — Furot daryosining o’rta oqimi bo’yida joylashgan qadimgi shahar xarobasi (miloddan avvalgi 300 — milodiy 256 yil). Podshoh Salavk I tomonidan bunyod etilgan. Miloddan avvalgi 2-asrning 2-yarmidan Parfiya podsholigi, … Read More

DURADGORLIK ASBOBLARI

DURADGORLIK ASBOBLARI — yog’ochni qayta ishlash uchun mo’ljallangan dastaki yoki mexanik asboblar. Duradgorlik asboblari, asosan, randalash, arralash, parmalasho’yish, o’lchash-belgilash va yordamchi asboblarga bo’linadi. Yog’och randalashda randaning quyidagi xillari ishlatiladi. Sherxebel … Read More

DURADGORLIK

DURADGORLIK — yog’ochsozlik hunari; kasb-hunar turi. Duradgorlik uysozlik, asbobsozlik, aravasozlik, qayiqsozlik, javonsozlik, eshiksozlik, beshiksozlik, egarsozlik, elaksozlik, sandiqsozlik, panjarasozlik singari juda ko’p tarmoqlardan iborat. Duradgorlik bilan shug’ullanuvchilar xalq orasida usta, duradgor, … Read More

DURAGAYLASH

DURAGAYLASH — irsiy belgi va xususiyatlari bilan farqlanuvchi o’simliklar va hayvonlarni o’zaro chatishtirish. Natijada ota-ona organizmlarining belgi va xususiyatlariga ega bo’lgan duragay organizm paydo bo’ladi. Duragaylashda chatishtirish uchun olingan ota … Read More