DALTONIZM

DALTONIZM — rang ajrata olmaslik. Ingliz olimi J. Dalton shu kasallikka chalinib, uni tasvirlab bergan, kasallik nomi ham shundan kelib chiqqan.

DALTON (DALTON) JON

DALTON (DALTON) JON (1766.6.9, Iglsfild, Angliya — 1844.27.7, Manchester) — ingliz kimyogari va fizigi. Atomistik nazariya asoschisi. London Qirollik jamiyatining a’zosi (1822 yildan), Dalton gazlar xossalarini o’rganib, gazlarning parsial bosimi … Read More

DAL VLADIMIR IVANOVICH

DAL VLADIMIR IVANOVICH [adabiy taxallusi — kazak Luganskiy; 1801.10 (22).11, Lugansk shahri— 1872.22.9(4.10), Moskva] — rus leksikografi, etnograf va yozuvchi. Peterburg Fanlar Akademiyasi muxbir a’zosi (1838), faxriy akademik (1863). Derpt … Read More

DALON

DALON — usti berk yo’lak. Odatda, bo’yi eniga nisbatan bir necha marta uzunroq bo’ladi. O’zbek xalq me’morligida, ko’pincha hovlining ichkari va tashqari qismlari o’rtasida o’tish joyi — yo’lak sifatida qurilgan. … Read More

DALOLATNOMA

DALOLATNOMA — muayyan shaklda tuzilgan rasmiy yozma yuridik hujjat. Dalolatnomalar normativ hujjatlar (ular umumiy huquq me’yorlarini belgilaydi), individual hujjatlar (ular aniq hollarga taalluqli bo’ladi, masalan, mukofotlash to’g’risidagi hujjatlar, sud qarorlari) … Read More

DALVARZIN KANALI

DALVARZIN KANALI — Sirdaryoning o’ng sohilidagi sug’orish kanali. Asosiy shoxobchalari bilan (Sul, o’ng, Xasyoz) birgalikdagi uzunligi 67,5 kilometr, shundan magistral kanal uzunligi 11,5 kilometr. Suv o’tkazish imkoniyati 45 metr kub/sekund. … Read More

DALV

DALV (Arabcha) — 1) o’n ikki burjning biri; Jadiy va Hut burjlari o’rtasida joylashgan; 2) Shamsiya yil hisobida un birinchi oyning Arabcha nomi (21 yanvar— 21 Fevral davriga to’g’ri keladi).

DALACHOY

DALACHOY (Hypericum L.) — dalachoydoshlar oilasiga mansub o’t yoki chala butalardan iborat o’simliklar turkumi. 200 ga yaqin turi bor, ko’pchiligi O’rta dengiz hududlarida o’sadi. O’zbekistonda 3 turi bor. Ular choycho’p, … Read More

DALACHILIK

DALACHILIK — dehqonchilikning asosiy tarmoqlaridan biri; ko’pincha bir yillik texnika, don, sabzavot-poliz, ozuqa (em-xashak) ekinlarini yetishtirish tizimi. Sug’orma dehqonchilik zonalarida bug’doy, g’o’za, kartoshka, makkajo’xori, beda, dukkakli don va boshqa ekinlar … Read More