DAKTILOLOGIYA

DAKTILOLOGIYA (Yunoncha daktilo… va …logiya) — nutq shakli; o’ziga xos tarzda qo’l barmoqlari yordamida gaplashish. Muayyan alifbodagi har bir harfni ifodalash uchun barmoqlarga turlicha shakl beriladi. Daktilologiyada bir yoki ikkala … Read More

DAKTILOGRAFIYA

DAKTILOGRAFIYA (Yunoncha daktilo… va …grafiya) — barmoqlar yordamida ifodalanadigan yozuv. Savodi bo’lgan kishining kar yoki kar-ko’rlar bilan daktilologiya, Brayl shrifti, imo-ishora tili kabi usullardan tashqari yordamchi muomala qilish vositasi. Kar, … Read More

DAKTILO…

DAKTILO… (Yunoncha daktylos — barmoq) — qo’shma so’zlar tarkibiy qismi bo’lib, o’zi qo’shilib kelgan so’zga qo’lga oidlik ma’nosi ifodasini beradi. Masalan, daktilografiya, daktilologiya.

DAKRIOSISTIT

DAKRIOSISTIT (Yunoncha dacryon — yosh va kystis — xaltacha) — ko’z Yoshi xaltachasining yallig’lanishi. Yosh xaltachasini burun bo’shlig’iga tutashtirib turadigan yo’lning bekilib qolishi sabab bo’ladi. Bunda ko’z yoshi burunga ravon … Read More

DAKRIOADENIT

DAKRIOADENIT (Yunoncha dakryon — yosh va aden — bez) — ko’z yoshi bezining yallig’lanishi. Ko’pincha bir tomonlama bo’ladi. Dakrioadenitning o’tkir va surunkali xillari bor. Dakrioadenit infektsion kasalliklar (gripp, tepki, angina, … Read More

DAKOTA

DAKOTA (o’zlarini shunday ataydilar), dakotasiu — AQSh va Kanadadagi SIU guruhiga mansub indeys xalqi (Janub va shimol Dakota, Minnesota va Nebraska Shtatlaridagi rezervasiyalarda yashaydi. AQShda — 10 ming kishi, Kanadada … Read More

DAKLAR

DAKLAR — qadimgi shimoliy-frakiy qabilalari, Dunayning shimoldan Karpat tizma tog’lari etaklarigacha yoyilib yashaganlar. Desebal (Daklar yo’lboshchisi) davrida Daklarning mardona qarshilik ko’rsatishlariga qaramay, 89, 101 — 102, 105-106 yillarda ular yashayotgan … Read More

DAKKA

DAKKA, Dhaka (hosildorlik ma’budasi nomidan) — Bangladesh poytaxti. Gang-Brahmaputra daryosi deltasidagi port. Mamlakatning va Dakka viloyatining ma’muriy siyosiy, iqtisodiy, madaniy va diniy markazi. Aholisi 3,8 million kishi (shahar atrofi bilan … Read More

DAKAR

DAKAR — Senegal poytaxti. G’arbiy Afrikaning muhim sanoat, transport va savdo-moliya markazlaridan. Yashil Burun yarim orolida, muhim dengiz yo’llari kesishgan yerda joylashgan. Iqlimi subekvatorial; yanvarning o’rtacha temperaturasi 22°, iyulniki 28°. … Read More

DAKANA

DAKANA — ayollar ro’moli; odatda qora yoki oq satindan tayyorlanadi va soch farqini berkitib, sochni tutib turishga xizmat qiladi. Ko’proq o’rta yoshli va keksa ayollar katta (ko’pincha oq doka) ro’mol … Read More