BUG’-GAZ TURBINALI QURILMA

BUG’-GAZ TURBINALI QURILMA —bug’ va gaz turbinalarining ish tsikllari birlashtirilgan energetik qurilma. Unda ish jismi sifatida yoqilg’ining yonish mahsulotlari, qizdirilgan havo (gaz turbinasida), bug’ (bug’ turbinasida) yoki bir turbinaning o’zida … Read More

BUG’ G’ILOFI

BUG’ G’ILOFI — bug’ mashinasi tsilindrini o’rab turuvchi halqasimon kamera. Bug’ quvuridan chiqqan bug’shu g’ilofdan o’tkaziladi. Vazifasi — tsilindr devori temperatirasini ish bajaruvchi bug’ temperaturasiga yaqinlashtirish va uni bir me’yorda … Read More

BUG’ QOZONI

BUG’ QOZONI — yoqilg’i yoqqanda o’choqda ajraladigan issiqlik hisobiga bosimi atmosfera bosimidan yuqori bo’lgan bug’olinadigan qurilma. Ko’pchilik Bug’ qozonida ish jismi sifatida suv ishlatiladi. Bug’ qozoni ikki yo’nalishda rivojlangan: 1) … Read More

BUG’ O’TKAZGICH

BUG’ O’TKAZGICH — bug’ uzatish qurilmasi. Odatda, yaxlit cho’zilgan po’lat quvurlardan yasaladi. Past (1,2 MPa gacha) bosimli Bug’ o’tkazgichlar flanes yordamida, o’rta va yuqori bosimlilari esa payvandlab biriktiriladi. Bug’ kondensatini … Read More

BUG’ TURBINASI

BUG’ TURBINASI — bug’ning potentsial energiyasini kinetik energiyaga, so’ngra aylanuvchi valning mexanik ishiga aylantiruvchi turbina; issiqlik elektr stansiyasi (IES)da elektr generatorlarni aylantiruvchi asosiy dvigatel hisoblanadi. Aktiv va reaktiv turbinalar bo’ladi. … Read More

BUG’ TURBINALI ELEKTR STANTSIYA

BUG’ TURBINALI ELEKTR STANTSIYA — elektr generatori bug’ turbinasiaan harakatga keladigan isstshlik elektr stantsiyasi. Bug’ turbinali elektr stansiyasi kondensasion elektr stansiya (faqat elektr energiyasi ishlab chiqaradi) va issiqlik elektr markazi … Read More

BUG’ TAQSIMLASH

BUG’ TAQSIMLASH — bug’ mashinasi tsilindriga yangi bug’ berish va undan ishlatilgan bug’ni chiqarish jarayonlarini boshqarish. Tsilindrning kiritish va chiqarish kanallarini zolotniklar, klapanlar, bevosita porshenning o’zi (to’g’ri oqimli mashinalarda) yoki … Read More

BUG’ SOVITKICH

BUG’ SOVITKICH — bug’ning o’ta qizish temperaturasini rostlab turish uchun mo’ljallangan issiqlik almashinuvchi qurilma. Sirtqi va purkama xillari bor. Sirtqi (sirtdan sovitadigan) Bug’ sovitkichda bug’ temperaturasi suv bilan sovitiladigan devorga … Read More

BUG’ NASOSI

BUG’ NASOSI — bug’ kuchi bilan ishlaydigan qurilma; bevosita ta’sir etuvchi porshenli nasos; uning porsheni harakatlantiruvchi bug’ mashinasining porsheni bilan bir shtokka biriktiriladi. Odatda, bir tsilindrning zolotnigi boshqa tsilindrning shtoki … Read More