O’LKA

O’LKA — 1) tabiiy geografik rayonlashtirishning yirik taksonomik birliklaridan; 2) har bir kishi tug’ilib o’sgan joy, qishloq, shahar va hokazolar; 3) ba’zi mamlakatlardagi yirik ma’muriy hududiy birlik, masalan, Rossiya Federatsiyasidagi … Read More

O’LIM JAZOSI

O’LIM JAZOSI — oliy jinoiy jazo chorasi. Jazoning favqulodda turi sifatida faqat alohida og’ir, inson hayotiga qasd qiladigan jinoyatlar uchun belgilanishi mumkin. Sho’rolar davrida sud hukmi va ma’muriy tuzilmalarning qarorlari, … Read More

O’LIM

O’LIM — organizm hayot faoliyatining butunlay to’xtashi, ortga qaytmas jarayon. Eng sodda hayvonlarning tabiiy o’limi ularning bo’linishidan iborat, bunda 1 individ o’lsa, o’rnida 2 ta yangi individ hosil bo’ladi. Odam … Read More

O’LIKXONA

O’LIKXONA, morg (Fransuzcha) — Murda saqlanadigan, yorib tekshiriladigan va ko’mish uchun beriladigan maxsus bino. O’likxona, asosan, sud tibbiyoti ekspertizasi qoshida bo’ladi, kasalxonalar, ilmiy tadqiqot institutlari va boshqalarda murda patologik anatomiya … Read More

O’LIKBOSH

O’LIKBOSH — arvoh kapalaklar oilasiga mansub kapalak. Tanasining uzunligi 60 millimetrga yaqin, yoyilgan qanotlari — 130 millimetrgacha. Ko’kragi orqasida odamning bosh suyagiga o’xshash sariq rasm bor (nomi shundan). Afrika, O’rta … Read More

O’LIK TUG’ILISH

O’LIK TUG’ILISH — homilaning o’lik tug’ilishi; homiladorlikning 28-haftasidan keyingi davrlarda ro’y beradi, tug’ilgan bola biror marta ham nafas olmay nobud bo’ladi; bunda homilaning bo’yi 35 santimetr va vazni 1000 grammdan … Read More

O’LIK TILLAR

O’LIK TILLAR — jonli iste’moldan chiqqan (tabiiy so’zlashuv tili bo’lmagan), yozma yodgorliklarda saqlangan til. Ayrim tillar bosqinchilik, mustamlakachilik, unda so’zlashuvchilarni majburlash natijasida yoki tarixiy, iqtisodiy va madaniy o’zgarishlar ta’sirida yo’qolib … Read More

O’LIK MUZ

O’LIK MUZ — harakati to’xtagan muzlik qoldiqlari. Harakati faol muzliklarning chekka qismida bo’lib, ko’pincha ular bilan chegarasi aniq bo’lmaydi. O’lik muzning qalinligi bir necha o’n metrgacha yetishi mumkin. Tog’larda O’lik … Read More

O’LIK DENGIZ

O’LIK DENGIZ (Arabcha Bahr-Lut) G’arbiy Osiyodagi oqmas sho’r ko’l, Iordaniya va Isroil hududlarida. Alhor tektonik botig’ida, dengiz sathidan 395 metr pastda (sohili yer quruqlik qismining eng past joyi) joylashgan. Maydoni … Read More

O’LJAYEV BOYMAMAT XOLLIYEVICH

O’LJAYEV BOYMAMAT XOLLIYEVICH (1952.11.9, Sherobod tumani) — O’zbekiston Respublikasi xalq o’qituvchisi (2001). Toshkent chet tillar institutini tugatgan (1975). Qiziriq tumanidagi 9-maktabda frantsuz tili o’qituvchisi, 1980 yildan 27-maktabda direktor o’rinbosari, so’ng … Read More