ANJU OROLLARI

ANJU OROLLARI — Novaya Sibir arxipelagining Markaziy, eng yirik orollari. Kotelniy, Faddeev, Novaya Sibir, Belkovskiy va Bunge yeri orollarini o’z ichiga oladi. Umumiy maydoni 29 ming kilometr kvadratga yaqin. 1821 … Read More

ANJU

ANJU — Frantsiyaning shimoliy — g’arbidagi tarixiy viloyat, quyi Luara havzasida. Bosh shahri — Anje. Hozirgi Anjuning aksariyat qismi men va Luara departamentlari tarkibiga kiradi. Anju 9 — asrdan — … Read More

ANJOMASOZLIK

ANJOMASOZLIK — temirchilikning anjoma yasovchi sohasi. Anjomasozlik, asosan, yirik shaharlarda rivojlangan. O’tmishda anjoma turlarini bir ustaning o’zi yoki bir necha maxsus usta yasar edi. Anjomasozlik ishlari ham pichoqchilik, taqachilik kabi … Read More

ANJOMA

ANJOMA (forscha — temir libos) — ot-ulov abzallaridagi metalli qismlarning umumiy nomi (ayil, no’xta, uzangi, yugan, o’mildiriq, quyushqon kabilar). Yupqa temir tunukadan qirqib yasaladi. Ko’pincha Anjoma yuziga kumush yoki oltin … Read More

ANJOM

ANJOM (forscha — oxir, yakun) — 1) uy-ro’zg’or, mehnat faoliyatiga mansub buyum, narsa; 2) qurol-yarog’larni va jangchining o’z buyumlarini olib yurishi uchun ishlatiladigan moslamalari (kamar, sumka va hokazolar); shu qurol-yarog’ … Read More

ANJIR SHAFTOLI

ANJIR SHAFTOLI, yangi anjir shaftoli — xalq selektsiyasida yaratilgan shaftoli navi (R. R. Shreder nomidagi ilmiy tadqiqot institutining Samarqand filialida bu navni chempion navi bilan chatishtirish asosida A. S. Cherevatenko … Read More

ANJIR

ANJIR (Ficus carica L.) — tutdoshlar (anjirgullilar) oilasiga mansub subtropik meva turi. Turkiya, Jazoir, Yevropaning Janubda, AQShda katta maydonlarni egallaydi, Kavkaz, O’rta Osiyo, Qrimda ham yetishtiriladi. Yovvoyi holda O’rta dengiz … Read More

ANJE

ANJE, Anjer — Frantsiyadagi shahar, men va Luara departamentining ma’muriy markazi, Anju tarixiy viloyatining eng katta shahri. Aholisi 141 ming kishi (1990). Men daryosi Luaraga quyiladigan yerdagi pristan. Temir yo’l … Read More

ANJABOR

ANJABOR (Geranium collinum, G. rectum) — yoronguldoshlar oilasining geranlar turkumiga mansub bir-biriga yaqin bir qancha turlardan iborat ko’p yillik o’tlar. Bargi keng to’garak, rombsimon bo’laklarga bo’lingan, guli ko’kishpushti. O’zbekiston tog’larida … Read More

ANEUPLOIDIYA

ANEUPLOIDIYA (Yunoncha an — inkor qo’shimchasi, ey — to’liq, ploos — karra, endos — tur) — irsiy o’zgaruvchanlik; organizmlarda bir yoki bir necha gomologik xromosomalarning ko’payishi yoki kamayishi.