Halima Xudoyberdiyeva (1947-2018)

Halima Xudoyberdiyeva (1947.17.5, Boyovut tumani — 2018.17.8) — O‘zbekiston xalq shoirasi (1992). Toshkent davlat universitetining jurnalistika fakultetini tugatgan (1972). «Saodat» jurnalida adabiy xodim, bo‘lim mudiri (1972-75), bosh muharrir o‘rinbosari va … Read More

Halima Ahmedova (1960)

Halima Ahmedova 1960 yil 1 oktyabrda Buxoro viloyati (hozirgi Navoiy viloyati) ning Qiziltepa tumani Po‘loti qishlog‘ida tug‘ilgan. 1983 yili Toshkent davlat universiteti (hozirgi O‘zMU) ning filologiya fakultetini tamomlab, Navoiy viloyatidagi … Read More

Hakim Nazir (1915-2008)

O‘zbekiston xalq yozuvchisi Hakim Nazir 1915 yil 15 oktyabrda Toshkentning Arpapoya mahallasida mahsido‘z kosib oilasida tavallud topdi. Boshlang‘ich ma’lumotni uyida onasi Malika otin maktabida olgan. Mehnat faoliyatini 15 yoshidan oyoq-kiyim … Read More

Hayrat To‘raqo‘rg‘oniy (1845-1915)

Umrzoq Xolboy o‘g‘li Hayrat (1845—1915) ilg‘or fikrli ma’rifatparvar shoir va nozikta’b xattot. U Namangan viloyatining To‘raqo‘rg‘on tumanidagi Yortepada kambag‘al dehqon oilasida dunyoga keldi. U dastlab qishloq maktabida, so‘ng To‘raqo‘rg‘on markazidagi … Read More

Haydar Muhammad (1936)

Haydar Muhammad 1936 yili Toshkentda tavallud topgan. Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika institutining kechki filologiya bo‘limini tugatgan (1966). O‘zbekiston teleradiosida muharrir (1965—1976), Madaniyat ishlari vazirligida mas’ul vazifalarni (1976—1980) bajargan. Ko‘p … Read More

Habib Abdullayev (1912-1962)

Abdullayev Habib Muhamedovich (1912.31.8, O‘sh shahri — 1962.20.6, Toshkent) — geolog olim, davlat va jamoat arbobi, O‘zbekiston Fanlar akademiyasi akademigi (1947), geologiya-mineralogiya fanlari doktori (1946). O‘rta Osiyo industriya institutining konchilik … Read More

Xurshid Do‘stmuhammad (1951)

Jurnalist va yozuvchi Xurshid Do‘stmuhammad 1951 yilning 8 yanvarida Toshkentda tug‘ilgan. Toshkent davlat universitetining jurnalistika fakultetini tugatgan (1973). «Fan» nashriyoti hamda «Fan va turmush» jurnalida muharrir va bo‘lim muharriri (1973-83), … Read More

Xurshid Davron (1952)

Iste’dodli shoir va publitsist Xurshid Davron 1952 yil 20 yanvar kuni Samarqand viloyati, Samarqand tumanidagi Chordara qishlog‘ida tug‘ilgan. Toshkent davlat universitetining jurnalistika fakultetini tugatgan (1969). Turli nashriyot va ijodiy tashkilotlarda … Read More

Xurshid (1892-1960)

O‘zbek mumtoz adabiyoti bilan XX asr yangi adabiyotini bir-biriga bog‘lab turuvchi ko‘priklardan biri Shamsiddin Sharafiddin o‘g‘li Xurshiddir. U o‘zbek dramaturgiyasiga poydevor qo‘ygan dastlabki ijodkorlardan biri, shoir, yozuvchi, tarjimon va rejissyordir. … Read More

Xudoyberdi To‘xtaboyev (1932-2021)

Xudoyberdi To‘xtaboyev (1932.17.12, O‘zbekiston tumani Katta Tagob qishlog‘i — 2021.22.03, Toshkent shahri) — O‘zbekiston xalq yozuvchisi (1991). O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi (1982). Qo‘qon pedagogika bilim yurtini (1949), O‘rta Osiyo … Read More