BO’RITISH ILONLAR

BO’RITISH ILONLAR (Lucodon) suv ilonlar oilasining urug’i. 16 turi bor. Jag’ida 2-6 yirik egri tishlari bo’ladi. Shuning uchun ular «bo’ritish» deb ataladi. Janubiy Osiyoda ko’p. O’zbekiston cho’llarida bitta turi — … Read More

BO’RITAROQ

BO’RITAROQ, g’o’zarak (Hibicsus trionum L.) — gulxayridoshlarga mansub bir yillik begona o’t. Poyasi tik o’sadi, bo’yi 10-70 santimetr, sershox. Barglari uch bo’lakli, cho’ziq, tubigacha patsimon bo’lakchalarga ajralgan. Gullari sariq, uzun … Read More

BO’RTMA NEMATODALAR

BO’RTMA NEMATODALAR (Meloidogyne) — o’simliklarda parazitlik qiluvchi nematodalar oilasi. Erkagi ipsimon, uzunligi 1,2—1,9 millimetr, urg’ochisi noksimon, uzunligi 0,8—1 millimetr. Turli o’simliklarning yer ostki qismida parazitlik qilib, shish (bo’rtma) paydo qiladi. … Read More

BO’RTMA NAQSH

BO’RTMA NAQSH — badiiy naqsh turi. Naqqoshlik, yog’och o’ymakorligi, ganchkorlik, zardo’zlik, miskarlik va zargarlikda qabariq shaklda bo’rttirib ishlanadi. Naqsh ustalari Bo’rtma naqshni binolar, madaniyat saroylarini bezashda keng qo’llamoqdalar (masalan, Toshkent … Read More

BO’RTMA

BO’RTMA — 1) novdaning kesilgan, o’simlikning payvandlangan joyida hosil bo’ladigan qadoqlar yoki qabariqlar; 2) ba’zi o’simliklarning meva va urug’laridagi tuganaklar.

BO’RSIQ QUMLARI

BO’RSIQ QUMLARI — Yevropa va Osiyoda, jumladan O’zbekistonda keng tarqalgan. Tog’, o’rmon, to’qay, cho’l va dashtlarda, hatto qishloq atrofidagi jarliklarda yashaydi. Uzunligi 0,9 metrcha, dumi 0,2 metrgacha. Shimol hududlarda qishda … Read More

BO’RSIQ

BO’RSIQ, qashqaldoq (Melesmeles) — sut emizuvchilar turkumining susarsimonlar oilasiga mansub yirtqich hayvon. Bo’rsiqlar urug’ining yagona turi.

BO’RQO’LDO’Y

BO’RQO’LDO’Y — ichki Tyanshandagi tizma. Qirg’izistonning Janubi sharqida. Uzunligi qariyb 100 kilometr. O’rtacha balandligi g’arbiy qismida 4300 metr, eng baland joyi 5049 metr. Yon bag’irlarida chalacho’l o’simliklari o’sadi, undan yuqorida … Read More

BO’SAG’A

BO’SAG’A — Turkiston o’lkasida tog’oldi, tog’ etagida joylashgan qir, do’nglar. Nom tarkibida ham uchraydi: Bo’sag’atog’, Bo’sag’a adir. Daryolardagi Ostona, ostonatosh; Odd, arafa ma’nosida ham qo’llaniladi. BO’SAG’A, Ostona—turkiy xalqlarda, jumladan qoraqalpoqlarda … Read More

BO’STON

BO’STON — Qoraqalpog’iston Respublikasidagi shahar (1983 yildan). Ellikqal’a tumani markazi. Aholisi 12,6 ming kishi (1999), asosan qoraqalpoqlar, o’zbeklar, shuningdek rus, tatar, turkman, tojik va boshqa millat vakillari ham yashaydi. Yaqin … Read More