BOSQON

BOSQON, bozg’on — 1) katta zalvar bolg’a. Qadimgi ishlab chiqarish qurollaridan biri. Po’latdan yasaladi, og’irligi 4-6 kilogramm, yog’och dastasining uzunligi 1 metrcha bo’ladi. Qizigan po’lat yoki temirni sandonda Bosqon bilan … Read More

BOSQICHLI NARXLAR

BOSQICHLI NARXLAR — ishlab chiqarish maqsadlaridagi turkumlab ishlab chiqariladigan aniq bir mahsulotlarga belgilanadigan va xarajatlarning qisqarib borishi yoki tovarning ma’naviy eskirishi darajasiga qarab bosqichmabosqich pasaytyrib boriladigan ulgurji narxlar.

BOSQINCHILIK

BOSQINCHILIK 1) ijtimoiy xavfli, o’ta og’ir jinoyat, o’zganing mol-mulkini talash maqsadida oshkora hujum qilish. O’zbekistonda Bosqinchilik jinoyati jabrlanuvchiga zo’rlik ishlatib yoxud unga zo’rlik qilish bilan qo’rqitib sodir etilgan bo’lsa, jinoyatchi … Read More

BOSFOR

BOSFOR (turkcha qora dengiz bo’g’ozi, Yunoncha Bosporos) — qora dengiz bilan Marmar dengizini tutashtirgan bo’g’oz; Yevropa bilan kichik Osiyo yarim oroli o’rtasida; uzunligi 30 kilometrga yaqin, eni o’rtacha 2 kilometr. … Read More

BOSTON

BOSTON — AQSh ning shimoli sharqidagi shahar, Massachusets shtatining ma’muriy markazi. Yangi Angliyaning asosiy iqgisodiy markazi. AQShning yetakchi sanoatmoliya va madaniyati rivojlangan shaharlaridan. Aholisi 574 ming kishi, shahar atrofi bilan … Read More

BOSTIRMA

BOSTIRMA — to’rt tomoni yoki ikki yoni va oldi ochiq usti yopiq bino; ayvonning bir xili; usti engilgina yopiladi. Sharq, shu jumladan O’rta Osiyo xalq binokorligida qadimdan keng tarqalgan. Asosan, … Read More

BOSTIRIQ

BOSTIRIQ 1) to’quvchilikda kudung (to’qmoqsimon yog’och asbob) urilgan atlasga tak berish (buklash) uchun uni taxtakach orasiga olib, ustidan tosh bostirib qo’yish. Ilgari atlas qo’lda kudunglanar edi. Atlasni mashina (kalandr)da silliqlashga … Read More

BOSTIRIB SUG’ORISH

BOSTIRIB SUG’ORISH, yoppasiga sug’orish — sug’orish usullaridan biri. Tuproq sharoiti va yerning nishabiga qarab, sug’oriladigan yer 0,1—0,25 ga kattalikdagi maydonlarga bo’linadi, atrofiga 0,2—0,4 metr balandlikda marza olinadi. Bostirib sug’orish usuli … Read More

BOSTANOVA MARIYASH

BOSTANOVA MARIYASH (1945.3.1, Chimboy tumani) — O’zbekiston Respublikasi xalq o’qituvchisi (1999). Nukus pedagogika institutini tugatgan (1967). 1967-76 yillarda Chimboy, Taxtako’pir tumanidagi maktablarda tarbiyachi, qoraqalpoq tili va adabiyoti o’qituvchisi bo’lib ishlagan. … Read More

BOSPOR PODSHOLIGI

BOSPOR PODSHOLIGI — qora dengizning shimol sohilidagi quldorlik davlati (miloddan avvalgi 5-asr — milodiy 4-asr). Miloddan avvalgi 480 yillarda Kerch, Taman yarim orollaridagi yunon shaharlarining birlashuvi natijasida vujudga kelgan. Poytaxti … Read More