BLOKFLEYTA

BLOKFLEYTA (nemischa Blockflote — tiqin nay) — musiqa cholg’u asbobi, uzunasiga ushlab chalinadigan fleyta turi. Mundshtukining ichida yog’och tiqini joylashgan (nomi shundan), barmoqlarga mo’ljallangan 8 ta teshigi bor (7 tasi … Read More

BLOK KONTAKTOR

BLOK KONTAKTOR — boshqarish va signalizatsiya zanjirlarini almashlab ulaydigan apparat (kommutatsiya apparati). Unda bir necha guruh blokkontakt bo’ladi. Blok kontaktor ham o’zgarmas, ham o’zgaruvchan tokda ishlaydigan elektromagnit yuritma bilan jihozlanadi.

BLOK KONTAKT

BLOK KONTAKT — avtomatik boshqarish tizimi (sistemasi) elektr apparatlari, relelari va kontaktlarida qo’llaniladigan va kichik qiymatli boshqarish toklariga mo’ljallangan elektr kontakt. Blok kontakt zanjirining toksiz normal holatida ochiq yoki berk … Read More

BLOKIROVKA

BLOKIROVKA (inglizcha to bloch to’sish) — apparat, mashina ish organlari (elementlari)ni yoki elektr sxemalarni ma’lum holatda (Blokirovka ta’siri olinganda ham saqlanadigan holatda) tutib turishni ta’minlaydigan usullar va vositalar majmui. Blokirovka … Read More

BLOKING-GENERATOR

BLOKING-GENERATOR — muayyan vaq oralig’i (intervali)dan keyin takrorlanadigan qisqa muddatli (taxminan 1 mks) elektr impulslari ishlab chiqaradigan generator; transformatorli teskari aloqa sxemasida ishlaydigan relaksasion qurilma. Impulslar qisqauzunligini kondensator sig’imini o’zgartirish … Read More

BLOKADA

BLOKADA (inglizcha blockade — qamal, qurshamoq) — 1) (harbiy) — harbiy harakatni amalga oshirishning dushman ob’yektini ajratib, yakkalab, tashqi aloqalarini izdan chiqarishga qaratilgan alohida shakli. Bundan maqsad dushman davlatning harbiy-iqtisodiy … Read More

BLOK

BLOK (inglizcha block) -1) gardishida zanjir, arqon, tasma uchun novi bo’lgan g’ildirak shaklidagi oddiy mexanizm yoki detal. Tortish kuchi yo’nalishini o’zgartirish, kuch yoki tezlikdan yutish uchun, ba’zan, burovchi momentni uzatish … Read More

BLINT

BLINT (nemischa blind — ko’r) — kitob muqovasini bezashda uning sirtiga bo’yoqsiz bosib tushiriladigan yassi shakllar. Bunda yassi shtamp muqova sirtida chuqurchalar qoldiradi. Blint kitob muqovasiga pardoz berish va uni … Read More

BLINK MIKROSKOP

BLINK MIKROSKOP, miltillovchi mikroskop — yulduzlarning xususiy harakatini, yorqinligini aniqlash, kometa va mayda sayyoralarni topish maqsadida osmon muayyan bir qismining turli vaqtlarda olingan ikki fotosuratini taqqoslash uchun ishlatiladigan asbob. Ikkita … Read More

BLINK KOMPARATOR

BLINK KOMPARATOR — yulduzlar osmoni biron bir qismining bir necha marta olingan fotosuratlarini o’zaro taqqoslab tekshirishda ishlatiladigan asbob. Blink komparator o’zgaruvchan yulduzlar, kinik sayyoralar, kometapar va yulduzlarning yirik xususiy harakatlarini … Read More