Suvzang
Suvzang – 1) oqimlar zarbasi va toshib tushayotgan suv quvvatini pasaytirish, hamda suv oqimi o’zani va inshoot asosidagi tuproqni yuvilib ketishidan himoya qilishga mo’ljallangan, to’g’onning bevosita tarnovi ortida, katta plita … Read More

Suvda erimaydigan – xususiyatlariga ko’ra suvda erimaydigan material.
Suvga chidamlilik – suvga uzoq vaqt ta’sir qilishda materiallarning ishlash xususiyatlarini saqlab qolish qobiliyati.
Sudrab keltirish – sudrab, biror joyga ko’chirish, biror narsadan o’tish; harakat qilmoq, biror narsa orqali harakatlanmoq (ko’pincha qiyinchilik bilan).
Sulfatli betonning korroziyasi – sulfatlarni o’z ichiga olgan muhit ta’sirida betonning buzilishi (yemirilishi).
Suls (xatti suls) – me’moriy bezaklarda keng qo’llaniladigan arabcha yozuv uslubi.
Suzuvchan (suzuvchi) pol – birikkan xonalarni tovushdan himoyalashni yaxshilash maqsadida orayopma yoki devordan, amortizatsiyalovchi yoki himoyalovchi qurilmalar bilan ajratilgan pol.
Suzgich-iskanja – maishiy va ishlab chiqarish oqova suvlarining kelib chiqishi ma’danli yupqa bo’laklangan quyqalarini mexanik suvsizlantirish uchun uskuna.
Suzgich to’ldirmasi – suzgichning bir qismi to’ldiriladigan, donador ashyolar va tutib turuvchi qatlamlar (sha’al, qum va boshqalar).
Sudraluvchanlik – doimiy yuk yoki mexanik zo’riqish ta’sirida materiallarning plastik deformatsiyasini asta-sekin oshirish xususiyati.