ABDUSAMATOV

ABDUSAMATOV Hafiz Shoahmedovich (1925.8.2, Jambul shahri) — adabiyotshunos. O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan fan arbobi (1975). Filologiya fanlari Doktori (1968). ToshDUning Filologiya fakultetini tugatgan (1946). O’zbekiston Fanlar Akademiyasi til va adabiyot institutida … Read More

ABDUSAMAT BUYURTMA HUDUDI

ABDUSAMAT BUYURTMA HUDUDI — Farg’ona vodiysida (Sirdaryoning o’rta oqimida). 1967 yilda tashkil qilingan. Maydoni 2,5 gektar. Daryo bo’ylab cho’zilgan tabiiy to’qayzorlar bor. Qirg’ovul, suv parrandalari va boshqa to’qay hayvonlari yashaydi.

ABDUSALOMOV

ABDUSALOMOV Abdurahim (1950.4.12, So’x tumani) — O’zbekiston Respublikasi xalq o’qituvchisi (1995). Leninobod pedagogika institini tugatgan (1980). 1968 yildan So’x tumanidagi 10-maktabda yoshlar yetakchisi, tarix fani o’qituvchisi, 1989 yildan direktor. Abdusalomov … Read More

ABDURAHMONOVA

ABDURAHMONOVA Dilbar G’ulomovna (1936.1.5, Moskva) — dirijyor. O’zbekiston xalq artisti (1969), G’. Abdurahmonovning qizi. R. Gliyer nomidagi musiqa maktabini (1945-55), Toshkent davlat konservatoriyasini tugatgan (1960). 1957 yildan Navoiy teatri simfonik … Read More

ABDURAHMONOV

ABDURAHMONOV Abdujabbor (1907— Toshkent—1977) — O’zbekiston XKS raisi (1938-50). Marg’ilon, Farg’ona, Yangiyo’l va Qo’qon shaharlari, Buxoro viloyatida rahbarlik lavozimlarida ishlagan (1929-37). 1954-57 yillarda O’zbekiston SSR Ministrlar Soveti raisining o’rinbosari va … Read More

ABDURAHMONBEK

ABDURAHMONBEK (19 — asr, Shahrisabz) — xonanda, sozanda, bastakor. U mashhur «Abduraxmonbegi» ashulalar turkumi va boshqa asarlar muallifi va talqinchisi.

«ABDURAHMONBEGI»

«ABDURAHMONBEGI» — keng tarqalgan o’zbek mumtoz ashula yo’llari turkumi, Abdurahmonbek ijrochilik san’ati va ijodi bilan bog’liq. Buzruk maqomining Savti Sarvinoz sho’basiga ohangdosh. Uch qism (Saraxbor, Soqiynoma va Ufar usullari bilan … Read More

ABDURAHMON TOLE

ABDURAHMON TOLE (asl ismi Abdurahmon Davlat bo’lib, tole uning taxallusidir) (18 — asr birinchi yarmi) — buxorolik munajjim, shoir va tarixchi. U Buxoro xoni Abulfayzxon (1711-47) zamonida yashagan va hukumat … Read More

ABDURAHMON OFTOBACHI

ABDURAHMON OFTOBACHI (taxminan 1844-1884, Orenburg) — Qo’qon xonligida oftobachi, so’ngra parvonachi, mingboshi. Qo’qon xonligining Janubidagi tog’li viloyatlarda yashovchi qirg’izlar va qipchoqlarning bir qismi tomonidan Xudoyorxoning zulmiga, xususan soliq siyosatiga qarshi … Read More

ABDURAHMON VALI MAQBARASI

ABDURAHMON VALI MAQBARASI — Buxorodagi me’moriy yodgorlik (14-asr). Maqbara (18,5×10,8 metr) uch gumbazli, tarhi to’g’ri burchakli. Ziyoratxona va ikki go’rxonadan iborat. Ziyoratxonaning to’rt tomoni ravoqli. Shimoliy ravoqda eshik o’rni bor. … Read More