AVTOBLOKIROVKA

AVTOBLOKIROVKA – temir yo’l, korxona va tsexlardagi harakat va texnologik jarayonlarni boshqarishda ishtirok etuvchi avtomatik asboblar guruhi. Avtoblokirovka yordamida poyezdlarning harakatini, korxonadagi apparat va mexanizmlarning ishini xavfsiz olib borish, mashinalar … Read More

AVTOBACHI

AVTOBACHI — Karmana-Navoiy va Buxoro vohalari oralig’idagi plato. Zarafshon daryosining shimolida joylashgan. Avtobachi Zarafshonning qadimgi allyuviy yotqiziqlaridan tashkil topgan. Allyuvial yotqiziqlarni Zarafshon daryosi kesib o’tib, shimolda Avtobachi va Janubda Qiziltepa … Read More

AVTO …

AVTO … (Yunoncha autos — o’zim) — qo’shma so’z bo’lagi; quyidagi ma’nolarni bildiradi: 1) «o’zim», «o’z qo’lim bilan» (masalan, avtolitografiya); 2) «avtomatik», ya’ni «o’z-o’zidan» (masalan, avtoblokirovka, avtopilot), «o’zi harakatlanadigan» (masalan, … Read More

AVTARKIYA

AVTARKIYA (Yunoncha avtarkeia — o’z-o’ziga yetarli) — mamlakatning o’z-o’zini ta’minlash qoidasiga asoslangan, boshqa mamlakatlar bilan iqtisodiy aloqalardan uzilib qolgan biqiqit xo’jalik yuritish siyosati. Avtarkiyaning asosiy vositalari: mamlakatga kiritiladigan tovarlar uchun … Read More

AVSTRONEZ TILLARI

AVSTRONEZ TILLARI — tillar oilasi. An’anaga ko’ra 4 guruhga bo’linadi: indonez, polinez, melanez va mikronez tillari. Mazkur tillar o’zagini Malayya-polinez tillari tashkil etadi. Hozirgi tasniflarda Tayvan Avstronez tillari qolgan Avstronez … Read More

AVSTRIYA-FRANTSIYA URUSHI

AVSTRIYA-FRANTSIYA URUSHI (1809) — Frantsiyaning Yevropadagi hukmronligini sindirib, o’z mustaqilligini saqlab qolish maqsadida Avstriyaning Frantsiyaga qarshi urushi. Avstriya urushdan oldin Angliya bilan ittifoq tuzdi. Avstriya armiyasining asosiy qismi 1809 yil … Read More

AVSTRIYA-TURKIYA URUSHLARI

AVSTRIYA-TURKIYA URUSHLARI (16-18-asrlar) — Bolqon yarim orolning shimoliy qismi va Vengriya qirolligi hududiga egalik qilish uchun olib borilgan urushlar. Turk qo’shinlari Vena shimolni qamal qilishi (1529) bilan boshlangan. 1540-47, 1551-62, … Read More

AVSTRIYA-PRUSSIYA URUSHI

AVSTRIYA-PRUSSIYA URUSHI (1866) — Avstriya bilan Prussiya o’rtasida ko’pdan beri davom etib kelgan janjalga barham bergan, Germaniyani birlashtirishda qaysi nemis davlati hukmron bo’lishi mumkin degan masalani hal etgan urush. Prussiya … Read More

AVSTRIYALIKLAR

AVSTRIYALIKLAR (o’zlarini esterrayxer deb ataydilar) — xalq, Avstriyaning asosiy aholisi. Umumiy soni 8,8 million kishi (1992). (Avstriyada — 7,15 million. kishi). Avstriyaliklar nemis tilida so’zlashadi. Yevropeoid irqiga mansub. Dini — … Read More

AVSTRIYA-ITALIYA-FRANTSIYA URUSHI

AVSTRIYA-ITALIYA-FRANTSIYA URUSHI (1859) — Sardiniya (Italiya) va Frantsiyaning Avstriyaga qarshi urushi. Avstriya Italiyaning Lombardiya, Venesiya viloyatlarini o’z hukmronligida saqlab kelayotgan edi. 1858 yil iyul oyida Frantsiya bilan Pemont (Napoleon III … Read More