BARORETSEPTORLAR

BARORETSEPTORLAR (Baro… va retseptorlar), mexanoretseptorlar, pressoretseptorlar—qontomirlarining devorlaridagi sezuv nervi oxirlari. Tomirlar devori cho’zilganda Baroretseptorlar qo’zg’aladi va qon bosimi, hajmi o’zgarishlarini sezib, ularni refleks yo’li bilan boshqaradi. Baroretseptorlar hamma tomirlarda, refleksogen … Read More

BARONIY ZIYOVUDDIN

BARONIY ZIYOVUDDIN (1285 — 1356) — tarixchi; Dehli sultoni Muhammad Tug’loq saroyida yashab, ijod qilgan. Baroniyning «Tarixi Firuzshohiy» asari sultonlikning 1265 yildan 1356 yilgacha bo’lgan tarixiga oid. Asar shaxsiy kechinmalar … Read More

BARON

BARON (lotincha Ago) — G’arbiy Yevropada o’rta asrlarda qirolning bevosita vassali; Qirol kengashi a’zosi. Keyinchalik dvoryanlar, zodagonlar unvoni (ayollar baronessa deb atalgan). Angliyada oliy Baronlar 13-asrdan boshlab alohida siyosiy imtiyozga … Read More

BAROMETRIK FORMULA

BAROMETRIK FORMULA — og’irlik kuchi maydonidagi gaz (atmosfera) bosimining balandlikka qarab o’zgarishini ifodalaydigan formula. Hamma balandliklarda temperatura birday hisoblanganda (izotermik hol): bunda: r — gaz bosimi, ts — gazning molekulyar … Read More

BAROMETR

BAROMETR (Yunoncha baros — og’irlik — metr) — atmosfera bosimini o’lchashda ishlatiladigan asbob. Turli xillari bor: 1) simobli Barometr; gidrostatik qonunlariga asoslanib yasalgan; 2) metall Barometr yoki aneroid; qattiq jismning … Read More

BAROKKO

BAROKKO (italyancha barocco — ajib, g’alati) — 16-asr oxiri — 18-asr o’rtalarida Yevropa va Amerika san’atidagi asosiy uslublardan biri. Yevropada millat va millim davlatlar jadal shakllanayotgan davrda Uyg’onish davri badiiy … Read More

BAROKAMERA

BAROKAMERA — barometrik bosimni sun’iy ravishda o’zgartirishga imkon beruvchi germetik kamera. Past bosimli (vakuumli), yuqori bosimli (kompression), muqim (stasionar) va ko’chma turlari bo’ladi. Eng ko’p tarqalgan turi past bosimli Barokamera; … Read More

BAROGRAF

BAROGRAF (Baro… va Yunoncha grapho — yozaman) — atmosfera bosimini uzluksiz qayd qilish uchun mo’ljallangan asbob. Ishlash tarziga qarab, aneroidli va simobli xillarga bo’linadi. Amalda aneroidli Barograf ko’proq ishlatiladi. Uning … Read More

BARO

BARO (Yunoncha baros — og’irlik) — qo’shma so’zlarning bir qismi; bosimga aloqadorlikni bildiradi (masalan, barometr, barokamera, baroterapiya va boshqalar).

BARNETT EFFEKTI

BARNETT EFFEKTI — ferromagnit namunaning aylanishi bilan uning aylanish o’qi bo’yicha magnitlanganlikning oshishi hodisasi. Amerikalik fizik S. Barnett 1909 yilda kashf etgan. Atomlar magnit momentlarining mexanik momentlariga bog’liqligini ko’rsatadi. Barnett … Read More