Shartli
Shartli – ba’zi bir shartga bog’liq, faqat qandaydir shart bilan amal qiladi, cheklangan.

Shartli – ba’zi bir shartga bog’liq, faqat qandaydir shart bilan amal qiladi, cheklangan.
Shart (sharoit) – ob’yektning atrofdagi voqelikka, ob’yektiv voqelik hodisalariga, shuningdek, o’ziga va uning ichki dunyosiga munosabatini bildiruvchi falsafa kategoriyasi. Shartnoma tuzuvchi tomonlardan biri tomonidan qo’yilgan talab.
Sharafa – binolarda devor bilan ship oralig’idagi muqarnas asosida tuzilgan hoshiya bezak.
Shamsa – quyoshni eslatuvchi davra naqsh; gumbaz ostidagi davra bezak; gumbazning ichki tomoni.
So’ndirgich-yoyiltirgich – suvning oshiqcha, kinetik quvvatini so’ndirish va suv tushuruvchi to’g’on pastki byefida oqim tezligini taqsimlash maqsadida suv oqimi yo’nalishini o’zgartirish va yoyish uchun xizmat qiladigan suvzangdagi qurilma.
Suyanchiq (tirgak) – birovni, biror narsani qo’llab-quvvatlovchi, kimgadir, biror narsaga tayanch bo’lib xizmat qiluvchi buyum, qurilma.
Suyanchiq (to’siq, panjara, tutqich, band) – zinapoya v balkonlardagi vertikal elementlar ko’rinishidagi, odamning beliga yoki ko’kragiga qadar tutqichli konstruksiya, bu odamning zinapoya yoki balkonga ko’tarilishi mumkin bo’lgan harakat chizig’ini cheklaydi. … Read More
Suyamoq (tiramoq, suyab (tirab) qo’ymoq) – qo’llab-quvvatlash uchun biror narsaga suyantirish, barqarorlashtirish.
Suyultirmoq (quyqalamoq) – quyuqlik xususiyatini yo’qotmoq.