ABRAZION TERRASA

ABRAZION TERRASA — abraziya natijasida hosil bo’lgan dengiz tubining sohil qismi. Abrazion temperaturaning ko’ndalang kesimi qavariq egri chiziqdan iborat bo’lib, qirg’oqda qiyaligi kam. Qadimgi Abrazion temperatura ko’milgan (suv ostida qolgan) … Read More

ABRAZIV-SUYUQLIKLI ISHLOV

ABRAZIV-SUYUQLIKLI ISHLOV — tarkibida erimagan abraziv donalar bo’lgan suyuqlik oqimini ishlanadigan sirtga katta tezlikda yo’naltirib, oldingi ishlovdan qolgan izlarni yo’qotish. Bu usul quyma va toblangan metallarni turli sirtqi shikastlardan tozalashda … Read More

ABRAZIV MATERIALLAR

ABRAZIV MATERIALLAR, abrazivlar (lotincha abrasio — qirtishlamoq) — mayda donador yoki kukunsimon qattiq materiallar. Ulardan charxtosh, jilvir, qayroq va boshqalar tayyorlanadi. Abraziv materiallar tabiiy va sun’iy xillarga bo’linadi. Olmos, korund, … Read More

ABRAZIV ISHLOV BERISH

ABRAZIV ISHLOV BERISH — abraziv asboblar yordamida metallar, shisha, yog’och va boshqa materiallarga mexanik ishlov berish. Abraziv ishlov berish jumlasiga silliklash va yaltiratish, xoninglash, ishqalash, charxlash, o’lchamiga yetkazish va boshqa … Read More

ABRAZIV ASBOBLAR

ABRAZIV ASBOBLAR (keskichlar) — abraziv materiallardan ma’lum shaklda tayyorlanadigan asboblar. Abraziv asboblarning qattiq (masalan, silliqlash doirasi, qayroqtosh) va yumshoq (masalan, jilvir latta) xillari bo’ladi. Bular metall, tosh, shisha, taxta, rezina, … Read More

ABR

ABR (forscha — bulut) — bezak turi. Tarhi bulutsimon ko’rinishda; amaliy bezak san’atida, jumladan, abrbandi usulida tayyorlanadigan gazlamalar (shoyi, atlas), me’morlik, kulollik, muqovasozlikda ayniqsa ko’proq uchraydi.

ABORTIV INFEKTSIYA

ABORTIV INFEKTSIYA — 1) (tibbiyotda) yuqumli kasallikning ro’yrost yuzaga chiqmay, qisqa vaqt davom etishi; 2) (mikrobiologiyada) bakteriya hujayrasiga bakteriofag yuqtirilgach, fag zarralarining ko’paymasligi, bakteriyaning erib ketmasligi. Bakteriyalar hujayrasini turli moddalar … Read More

ABORT

ABORT (lotincha abortus — bola tashlash) — ayollarda homiladorlikning dastlabki 28 haftasida bachadondan homila tushishi, 28 haftadan ilgari tug’ilgan bola yashamaydi. Abort erta (homiladorlikning 12 haftasi ichida kerakli davo choralari … Read More

ABORIGENLAR

ABORIGENLAR (lotincha aborigine — qadimdan, boshdan) — 1) biror mamlakat, o’lkaning qadimdan o’sha joyda yashab kelayotgan tub aholisi. Qadimgi Rim rivoyatlariga ko’ra, Apennin tog’lari etaklaridagi Lasiyada yashovchi qad. qabila Aborigenlar … Read More

ABORIGEN G’O’ZA

ABORIGEN G’O’ZA (lotincha aborigine — avvaldan) — g’o’zaning cheklangan hududda o’sadigan tur, xil va formalari. Meksikaning shimoliy-g’arbida o’sadigan davidzon g’o’zasi, Galapagos orolining unumsiz toshloq zonalarida o’sadigan klossh g’o’zasi, faqat Braziliya … Read More