BADAVIY

BADAVIY (Arabcha — sahroyi, ko’chmanchi) — Arabiston yarim oroli va shimoliy Afrika cho’llarida yashaydigan ko’chmanchi, yarim ko’chmanchi Arab qabilalari. B.lar Sudan va shimoliy Afrika, Markaziy Arabiston, Suriya, Iordaniya, Iroq, Misr … Read More

BAGRATIONLAR

BAGRATIONLAR — Gruziyada 9-10- asrlarda hukm surgan shohlar sulolasi. Eng mashhurlari: Ashot, Dovud III, Dovud Binokor, Georgiy III, Tamara, Georgiy V, Irakliy II.

BAGRATION PETR IVANOVICH

BAGRATION PETR IVANOVICH (1765— 1812) — Knyaz, rus sarkardasi, infanteriya generali (1809), 1812 yilgi Frantsiya-Rossiya urushi qahramoni. A. V. Suvorovnnng Italiya va Shveytsariyaga qilgan yurishlari, Frantsiya, Shvetsiya va Turkiya bilan … Read More

BAGRATIYLAR

BAGRATIYLAR (Bagratuni) — qadimgi arman aristokratlari nasabi. Shohlar sulolasi (886-1045). Eng mashhurlari: Ashot I, Smbat I, Ashot II temir, Ashot IV rahmdil, Gagik I. Gruziyadagi Bagrationlar bilan sulolaviy aloqasi bor.

BAGRAT III

BAGRAT III — Gruziya podshosi (975— 1014). Bagrat III o’z hukmronligi davrida G’arbiy Gruziya va Sharqiy Gruziyaning katta qismi (Kartli, Kaxeti, Ereti) ni yagona bir davlat ostiga birlashtirgan; Bagrat III … Read More

BAGRAM

BAGRAM, Begram — qadimgi Kapisa shahri (Afg’oniston) ning xarobalari. Qobuldan 60 kilometr shimolda joylashgan. Afg’onistondagi frantsuz arxeologik missiyasi a’zolari (J. Aken, R. Girshman) tomonidan 1936-41 yillarda o’rganilgan. Shahar miloddan avvalgi … Read More

BAGLANOVA ROZA TOJIBOYEVNA

BAGLANOVA ROZA TOJIBOYEVNA (1922.1.1, Qizilo’rda viloyati, G’azali shahri) — qozoq xonandasi. O’zbek filarmoniyasi (Toshkent shahri) ashula va raqs ansambli (1941 — 47), qozoq opera va balet teatri (1947— 49), qozoq … Read More

BAGAMA OROLLARI

BAGAMA OROLLARI (Bahamas), Bagama orollari Hamdo’stligi (Commowealth of the Bahamas) — Markaziy Amerikadagi davlat. Karib dengizida, Florida yarim orolining Janubi- sharqida. 700 oroldan iborat Bagama arxipelagida joylashgan. Maydoni 13,9 ming … Read More

BAVURCHI

BAVURCHI, bovurchi — o’rta asrlarda turkiy xalqlar saroy mansablaridan biri. 14-asrdan boshlab turkiy manbalarda qayd etila boshlagan. Oshpaz, bakovul ma’nosida ham qo’llanilgan. Hukmdor oshxonasida xizmat qilgan Bavurchining bakovuldan bir pog’ona … Read More

BAVOSIR

BAVOSIR, gemorroy — to’g’ri ichakning pastki qismi, xususan orqa chiqaruv yo’li venalarining tugun-tugun bo’lib kengayishi. Intoksikasiya, allergiya, mexanik ta’sirotlar: venalarning o’sma, ayollarda homilali bachadon bilan ezilishi, uzoq muddat oyoqda yurib … Read More