Ohanin
Ohanin – temirdan yasalgan ko’hna Samarqand janubiy darvozasining nomi.

Ohanin – temirdan yasalgan ko’hna Samarqand janubiy darvozasining nomi.
Ochish-yopish qurilmasi – idishga (ballonga) o’rnatiladigan va undagi yong’inga qarshi modda chiqishini ta’minlovchi, ochish-yopish qurilmasi.
Oshirish (oshirib yuborish) – mavjud o’rnatilgan narsalarni ko’proq bajarish. Masalan: mustahkamlikni oshirish.
Oshirmoq (oshirib yubormoq) – biror narsani (huquqlarni, vakolatlarni) ruxsat etilganidan ko’proq ishlatish, o’z harakatlarida biror narsadan (huquq, vakolatlar) tashqariga chiqish.
Ochqich – biror narsani ochadigan narsa.
Ochish – 1) kirib borishga qaratilgan harakatlar, ochmoq; 2) tog’-kon sanoatida-mineral qatlamni kon ishlari orqali yer yuzasi bilan bog’lash. Masalan: yo’l qoplamasini ochish, handaqni ochish va hokazolar.
Ochilish – biror narsani ochish, qopqorni, qanot yoki boshqa to’siqni ko’tarish yoki harakatlantirish. Masalan: yoriqning ochilishi.
Ochiq so’ri (o’txona panjarasi) – o’choqdagi panjara elementlari (ba’zan butun panjara) yoki materialni yuqori haroratda qayta ishlash uchun birlik (masalan, metallurgiyadagi pech aravachasi).
Oynalash (oyna solish) – balkon yoki xonalarda deraza konstruksiyasini o’rnatish xizmati.