Muhtasham
Muhtasham – hashamatli, haybatli bezakdor bino.

Muhtasham – hashamatli, haybatli bezakdor bino.
Mo’yqalam – bo’yash uchun asbob. U turli xil hayvonlarning tuklari va dum tuklaridan yoki sintetikadan tayyorlanadi.
Musht (tutam) – to’rt barmoq kengligi bilan belgilanadigan uzunlik o’lchovi.
Muqobila (qarama-qarshi, zid, o’zaro monand) – ikki binoning qarama-qarshi, qo’sh uslubda joylashuvi. Samarqanddagi Ulug’bek madrasasi qarshisiga Sherdor madrasasi muqobil joylashgan.
Muqarnas – ravoqli kosachalar ustma-ust joylashgan murakkab shaklidagi bezak turi. Mehrob, taxmon yoki ravoqlarning tepa qismini yarim gumbaz ko’rinishga keltirishda keng foydalaniladi. To’g’ri hoshiya turi sharafa deb ataladi.
Nakladka – taxta parcha yoki metall plastina ko’rinishidagi yopib turuvchi ustki detal.
Nayza (minora uchi, gumbaz uchi) – konus yoki piramida ko’rinishidagi binolarning vertikal va uchli yakunlanishi (tomi).
Nay – 1) qamish. (Ney), shamolli cholg’u asbobi; 2) arab-eron uzunchoq nayi; 3) o’zbek va tojik ko’ndalang nayi; 4) moldavan va rumin ko’p dastakli nayi, Pan-nayi turi.
Nazorat salqiligi – egilish qiymati, bu mahsulotning bikirligikka yaroqlilik qiymatini baholash uchun sinov yuki ostida mahsulotning haqiqiy egilishi solishtiriladi.
Nazorat namunalari – asosiy namunalarni sinashdan oldin betonning siqilish mustahkamligini aniqlash uchun mo’ljallangan namunalar.