Motel
Motel – avtomobilda sayohat qiluvchilarga turli xizmat ko’rsatuvchi, avtomobil yo’lidagi mehmonxona.

Motel – avtomobilda sayohat qiluvchilarga turli xizmat ko’rsatuvchi, avtomobil yo’lidagi mehmonxona.
Moslashtirish (muvofiqlashtirish) – kerakli o’lchamga olib kelish.
Moslash (to’g’rilash) – kerakli o’lchamga, shakl, sozlashga olib kelish.
Muazzinxona – masjidning azon aytiladigan joyi.
Muvaqqat bino va inshootlar – qurilish xodimlari, tashkilotlarga xizmat ko’rsatish va qurilish-montaj ishlarini bajarish uchun qurilish davrida zarur bo’lgan maxsus bunyod etiladigan yoki vaqtincha moslashtiriladigan (doimiy) bino va inshootlar (uy-joy, … Read More
Mo’ri – tutun yo’li, mo’rkon. Uyni shamollatish va tutunni tortish uchun devor ichidan o’tkaziladigan, oshxonalar ustiga o’rnatiladigan quvur kabi moslama.
Mo’mkatak – bo’shliqni kesishmaydigan ko’p burchaklar bilan to’ldirish, unda to’ldirilmagan bo’sh joy bo’lmaydi. Bu mozaika yoki parketning matematik konsepsiyasini har qanday o’lchamga umumlashtirishdir. Masalan: alyuminiy mo’mkatak, karton mo’mkatak va hokazolar.
Mo’ljallash (yo’naltirish, joylashtirish) – joy yoki yo’nalishni aniqlash va qayd qilish qobiliyati: harakat, faoliyat, qiziqish va boshqalar. Masalan: xonalarni ikki tomonlama yo’naltirish, turar joy xonalarini joylashtirish, binoni ufqiy tomonlar bo’yicha … Read More
Mo’ri qopqog’i – 1) g’ishtli pech mo’risiga uni ochish va yopish uchun o’rnatilgan qurilma; 2) qoida tariqasida, gorizontal o’qi bilan mexanik haydovchisiz baraban yoki chig’ir.
Nazorat – boshqarish tizimining asosiy funksiyalaridan biri. Nazorat ikkinchisining optimal ishlashini ta’minlash uchun boshqariladigan tizimning xatti-harakatlarini kuzatish asosida amalga oshiriladi (erishilgan natijalarni o’lchash va ularni kutilgan natijalar bilan bog’lash). Nazorat … Read More