Me’yoriy kuch (yuklama)
Me’yoriy kuch (yuklama) – paydo bo’lishi belgilangan, ta’minlanganlik sharoitidan kelib chiqib, me’yoriy hujjatlar bilan o’rnatiladigan yoki uning nominal ahamiyati bo’yicha qabul qilingan kuch.

Me’yoriy kuch (yuklama) – paydo bo’lishi belgilangan, ta’minlanganlik sharoitidan kelib chiqib, me’yoriy hujjatlar bilan o’rnatiladigan yoki uning nominal ahamiyati bo’yicha qabul qilingan kuch.
Me’yoriy yong’inga qarshi kontsentratsiya – amaldagi me’yoriy hujjatlarda belgilangan yong’inni o’chirish kontsentratiyasi.
Me’yoriy aniqlikdagi bolt (aniqlik sinfi B) – uglerodli po’latdan yasalgan bolt, u o’zining diametridan 1-1,5 millimetr katta bo’lgan teshikka o’rnatiladi.
Mehrobi – 1) mehrob shakliga o’xshash naqsh turi, mehrobning chizma, o’yma shakli ichiga ishlanadi; 2) mehrob shaklida ishlangan tokcha, taxmon, eshik va boshqalar.
Mesh – xom teridan tikib tayyorlangan suyuqlik tashiladigan, saqlanadigan idish, sanoch. Qadimda binokorlikda suv asosan unda tashilgan.
Mehmonxona – uy-joy tarkibidagi mehmon kutish uchun alohida ajratilgan eng katta xona. Odatda tashqari hovli (tashqari)da, 2 xonali qilib qurilgan: dahliz hamda ichki xona. Ichki xonaga naqsh va bezaklar ishlangan. … Read More
Mehmonsaro – maxsus qurilgan hashamatli mehmonxona.
Mehvar – o’q, aylanish o’qi. Markaziy chiziq.