Minqor
Minqor – tig’i qush tumshuqli, uchi qayrilgan ganchkorlik asbobi. Ganch o’ymakorligi asosni tozalash uchun ishlatiladi.

Minqor – tig’i qush tumshuqli, uchi qayrilgan ganchkorlik asbobi. Ganch o’ymakorligi asosni tozalash uchun ishlatiladi.
Mineral paxtali mahsulotlar – birlashtiruvchi bilan singdirilgan yoki elastik material qoplamasi orqali tikuv iplari (sim) bilan bog’langan mineral paxta tolalari asosidagi plita va matlar.
Mineral paxta va shisha tolali mahsulotlar – donalik, rulobli va ipli noorganik issiqlik saqlash materiallari, turli bog’lovchilar yordamida elastik bog’lam yoki qoliplarda mineral paxta qatlamini yotiqizish natijasida olingan.
Mineralli tola – mineral qotishmadan olingan tola.
Mino – lojuvard shisha tosh. Koshinga sir berishda, zargarlikda rangli tosh qotirishda ishlatiladi.
Mix-shurup – rezbali mix, u plastik dyubel bilan birgalikda ishlatiladi.
Mix sug’urish – materialga (yog’och, plastmassa va boshqalar) qoqilgan mixlarni tortib olish (chiqarish) uchun tutqichli xanjar qurilma. U mustaqil ixtisoslashtirilgan vosita sifatida yoki bolg’a, tirgak kabi asboblar bilan tizimli ravishda … Read More
Mintaqa (zona) – umumiy belgilari bilan tavsiflanadigan muayyan maydon. Masalan: himoyalangan mintaqa, shimoliy mintaqa, tabiiy-rekreatsion mintaqa, cheklov zonasi va hokazolar.
Minora (tumshuq) – 1) turg’unligi o’zining asosiy qurilmasi bilan ta’minlanadigan (tortqisiz), erkin turuvchi baland inshoot. Masalan: beton qo’yish minorasi, beton ko’tarish minorasi, beton qorishtirgich minorasi, suv bosimi minorasi va hokazolar; … Read More
Minorasimon inshootlar – balandligi gorizontal o’lchamlari (diametri, tayanch tomoni)dan ancha katta bo’lgan erkin holatda turuvchi baland inshootlar bo’lib, ularning turg’unligi asosiy konstruksiya bilan (tortqilarsiz) ta’minlanadi.