Qiya (egrilik ma’nosida)
Qiya (egrilik ma’nosida) – ufqqa, sirtga qiya joylashgan, vertikal emas; egri chiziq bilan bir xil.

Qiya (egrilik ma’nosida) – ufqqa, sirtga qiya joylashgan, vertikal emas; egri chiziq bilan bir xil.
Qiya (bilvosita ma’nosi bilan ham bog’liq) – 1) burchak ostida joylashgan, ketayotgan, yonboshli, qiyali; 2) bevosita bog’liq emas.
Qiya (qiyalama) – qiya, yonboshlagan, tik emas.
Qishloq xo’jalik yerlari – qishloq xo’jalik ehtiyojlari uchun foydalaniladigan yerlar.
Qishki terish (g’isht) – tashqi havo manfiy haroratida qorishmalarga sovuqqa qarshi qo’shimchalar yoki muzlatish usuli bilan toshli (g’ishtli) qurilmalarni tiklash.
Qishki ishlar – havo harorati manfiy bo’lgan yil davrida bajariladigan va turli hududlar uchun harorat mintaqalariga monand me’yorlanuvchi, past haroratdan himoyalash bo’yicha maxsus tadbirlar o’tkazilishini talab etuvchi qurilish ishlari.
Qistirma (qatlam) – biror narsa orasiga qo’yilgan jism. Masalan: asbest qistirma, namlik o’tkazmaydigan qatlam, suv o’tkazmaydigan qatlam, kigiz qistirma, zichlovchi qistirma, suyuqlik o’tkazmaydigan qatlam, yog’och qistirma va hokazolar.
Qismoq (zichlashga oid) – press bilan qisish, zichlash.
Qismoq (siqishga oid) – 1) mahkam siqib, har tomondan qamrab olish; mahkam yopish, siqish; 2) biron bir asbob yoki qo’l yordamida ob’yektni turli tomondan qattiq siqish; 3) o’rab olmoq, aylantirib, … Read More
Qismlarga (bo’laklarga) ajratmoq – 1) biror narsaning qismlarga ajratmoq, parchalash, buzish; 2) hamma narsani birma-bir, parcha-parcha olish.