Ko’chgan joy
Ko’chgan joy – daraxt tanasi yog’ochidagi yillik qatlamlar orasidagi ichki yoriq. Masalan: kalkasimon ko’chgan joy, qisman ko’chgan joy va hokazolar.

Ko’chgan joy – daraxt tanasi yog’ochidagi yillik qatlamlar orasidagi ichki yoriq. Masalan: kalkasimon ko’chgan joy, qisman ko’chgan joy va hokazolar.
Ko’taruvchi yo’naltiruvchisi – ko’tarilganda (tushirilganda) yuk ko’taruvchi qurilmaning harakat yo’nalishini belgilovchi, machta yoki shaxtalarning metallkonstruksiya elementi.
Ko’tarmoq (ko’tarish, oshirmoq) – yuqoriga ko’tarmoq, balandlatmoq, yuksaltirmoq.
Ko’tarmalash – joylarni yuza suvlar bosishidan yer ko’tarmalari va dambalar bilan to’sish.
Ko’tarma (tepalik, to’kma, damba) – 1) quyma va siqilgan tuproqdan qurilgan sun’uy balandlik; 2) quyma yuklarni bo’sh holatda saqlash va tashish usuli. Masalan: qirg’oq ko’tarmasi, shag’alli ko’tarma, to’g’on ko’tarmasi, yo’l … Read More
Ko’tarma (osma, uyum) – 1) ko’tariladigan, ko’tarib qo’yiladigan qurilma; 2) tezlash, ko’tarish yordamida o’rnatiladigan qurilma; 3) moslama, ko’tarma (osma) ko’prik; 4) tor, uzun va past relyef shakli. Masalan: to’siq ko’tarma, … Read More
Ko’tarish (ko’tarilish) – 1) yuqoriga ko’tarmoq, balandga olmoq, yuqorilamoq; 2) relyef yuzasi, bu yerda oldinga siljishda balandlik ortib boradi. Masalan: ravoqni ko’tarish, tayyor qavatlarni ko’tarish, yukni ko’tarish, handaq tubi sathini … Read More
Ko’tarilish qanoti – tortkich qurilmalar (arka, gumbaz va shu kabilar) tayanch nuqtasini birlashtiruvchi chiziqdan tik masofa.
Ko’tarilish (ortish, ko’payish) – biror narsaning darajasini oshirish jarayoni. Masalan: sifat ortishi, buzish darajasigacha yukning ortishi, mehnat unumdorligining ortishi, eruvchanlikning ortishi, foydalilikning ortishi, haroratning ko’tarilishi va hokazolar.
Ko’tarilgan (oshirilgan) – yuqoriroq, odatdagidan yuqori, oshgan, yaxshilangan.