Ko’piklanuvchi yelim
Ko’piklanuvchi yelim – past zichlikdagi polimer yelim, qo’llash paytida ko’piklanadi, bu teshiklar va yoriqlarni intensiv to’ldirishni ta’minlaydi.

Ko’piklanuvchi yelim – past zichlikdagi polimer yelim, qo’llash paytida ko’piklanadi, bu teshiklar va yoriqlarni intensiv to’ldirishni ta’minlaydi.
Ko’pik shisha (issiqlik o’tkazmaydigan shisha ashyo) – ko’pikli shisha massasi bo’lgan issiqlik izolyatsiyalovchi material. Ko’pikli shisha ishlab chiqarish uchun silikat shishalarning taxminan 1000C haroratda yumshash va ko’piklash xususiyatidan foydalaniladi.
Ko’pik hosil qiluvchi qo’shimchalar – yuza faol organik moddalar bo’lib, ular talab etilgan karralik va bardoshlikka ega bo’lgan texnik ko’pik olish imkonini ta’minlaydi, bu moddalarni beton komponentlar bilan aralashtirish yacheykali … Read More
Ko’pik hosil qilgich – suyuqlikka qo’shilganda turg’un ko’pik hosil qiluvchi modda.
Ko’pik beton qorgich – mineral xom ashyo, ko’pikli vosita va suv asosida tayyorlangan ko’pikli beton aralashmasini ishlab chiqarish va yetkazib berish o’rnatmasi.
Ko’pik beton – serg’ovak bo’lib, issiqni tez o’tkazib yubormaslik xossasiga ega. Masalan: qizdirish yo’li bilan olingan ko’pik beton, yuqori sifatli ko’pik beton, muhofazalovchi ko’pik beton, ko’pik betonli qurilma, issiqlik o’tkazmaydigan … Read More
Ko’pik – 1) ko’pikli suyuqlik massasi; 2) gaz dispers fazali va suyuq yoki qattiq dispersion muhitga ega dispers tizim. Masalan: yong’inga qarshi ko’pik, qotgan ko’pik.
Ko’p xonadonli – turar-joy binolari (kvartiralar), noturar joylar, umumiy foydalanish joylari, umumiy uy-joylar joylashgan bino; 2) umumiy kirish va chiqish joyi bo’lgan ikki yoki undan ortiq xonadonlar to’plami.
Ko’p funksiyali baland majmua – fazoviy va funksional bog’liq joylashgan, bir-biri bilan bog’langan, turli xil funksiyalarga ega binolar guruhi.
Ko’p funksiyali baland bino – turar-joy binolaridan, shu jumladan – mehmonxona xonalari va boshqa funksional maqsadlar xonasidan tashqari administrativ, servis xizmatlari, sog’liqni saqlash, ta’lim va tarbiya, madaniyat va hordiq, xo’jalikk … Read More