Kukun
Kukun – qattiq jismlarning maydalangan zarralari. Masalan: asfalt kukuni, mineral kukuni, qumqayroq kukuni, payvandlash kukuni va hokazolar.

Kukun – qattiq jismlarning maydalangan zarralari. Masalan: asfalt kukuni, mineral kukuni, qumqayroq kukuni, payvandlash kukuni va hokazolar.
Kuyindi – uglerodning to’liq yonmasligi natijasida hosil bo’lgan bo’g’uvchi gaz.
Kukunli bo’yoq (pigment, kukunbo’yoq) – plyonka hosil qiluvchi modda va pigmentlar, to’ldirgichlarning quruq kompozitsiyasi bo’lib, u eritish, sovutish va qotirish jarayonidan keyin qattiq shaffof bo’lmagan plyonka hosil qiladi. Masalan: sun’iy … Read More
Kuydirmoq (kuydirib qizitmoq) – har tomondan olovga duchor qilish.
Kuydirilgan (pishirilgan) – qovurilgan, olovda yondirilgan. Masalan: pishiq g’isht.
Kuydirib yumshatmoq – kuydirib yumshatish.
Kuydirib yumshatish – ma’lum bir haroratgacha qizdirish, ma’lum vaqt davomida bu haroratda ushlab turish odatda, sekin, xona haroratiga sovutishdan iborat issiqlik bilan ishlov berish turi.
Kuydirib ko’mirga aylantirish – yoqish, biror narsa yuzasida ko’mir hosil qilish.
Kuzatuv – o’rganilayotgan ob’yektning xatti-harakatlarini maqsadli va tashkiliy idrok etish va ro’yxatga olishdan iborat bo’lgan tavsiflovchi psixologik tadqiqot usuli. Masalan: yuzaki kuzatuv, doimiy kuzatuv va hokazolar.
Kuzatmoq (o’rganmoq, razm solmoq) – biror narsani kuzatib turish; o’rganish, tadqiq qilish.