Karst (o’pqon)
Karst (o’pqon) – suvda eruvchan cho’kindi jinslarning ohaktosh, gips holati, ular yer osti suvlarining o’ziga xos aylanishi bilan voronka, g’or va chuqurliklar shakllanishida ifodalanadi.

Karst (o’pqon) – suvda eruvchan cho’kindi jinslarning ohaktosh, gips holati, ular yer osti suvlarining o’ziga xos aylanishi bilan voronka, g’or va chuqurliklar shakllanishida ifodalanadi.
Karniz (peshtoq, araqi) – devorning turtib chiqqan gorizontal profil qirrasi, uning qismlarini biriktirib turuvchi. Karnizning maqsadi-devor, tomdan oqayotgan suvni yo’naltirish. Karniz estetik ahamiyatga ega-u devorni tugatadi, devordan tomga o’tishni tashkil … Read More
Karnay ustun – karnay shaklini eslatuvchi ustun. Xivadagi Juma masjidi tepaga kengayib boruvchi, xususan, kallagi alohida shakldagi juda qadimgi ustunlar saqlanib qolgan.
Karkas-panelli konstruksiyalar – karkasning yuk ko’taruvchi elementlari (temir-beton yoki po’lat ustunlar va to’sinlar) va chegaralovchi konstruksiyalari (devor panellari, qavatlararo va tom yopmalari plita va panellar)dan iborat konstruksiyalar. Asosan, ko’p qavatli … Read More
Karkasli parda devor – karkas (yuk ko’taruvchi qism), to’ldirma va qoplama kabi elementlardan tashkil topgan parda devor.
Karkasli binolarning bog’lanish kompanovkasi – ustunlar va qoplama ulanishlari orasidagi turli xil vertikal ulanishlarni optimal joylashtirish, tekis ramkalarni, unga ta’sir quluvchi yuklarning tabiati va turini hisobga olgan holda, qattiq bo’shliqqa … Read More
Karkas kompanovkasi – hisoblash oldidan bajariladigan yuk ko’taruvchi elementlar va bog’lanishlarning ratsional sxemalarini tuzish. Ular asosida hisoblash sxemalari tuziladi va zarur hollarda u bajarilgandan so’ng aniqlashtiriladi.
Kariatida – ayol qiyofasidagi haykal-ustun. Qadimgi Yunon me’morligining noyob namunalari saqlanib qolgan. Markaziy Osiyo binolarida ham yog’och haykal-ustunlar bo’lgani ma’lum. Panjakent xarobalaridan ayol shaklidagi yog’och ustun qoldiqlari topilgan.
Karvonsaroy (rabot, langar) – karvonlar to’xtab, tunab o’tadigan joy, saroy. Karvonlar yo’lda (bir kunlik masofada) va shahar ichida qurilgan. U qarorgoh, istiqomat joyi, istehkom, mollarni saqlaydigan ombor, og’ir va boshqa … Read More
Karbamid bog’lovchili yog’och tolali (yog’och qipiqli) plita – bog’lovchining asosiy komponenti karbamidoformaldegidli smola bo’lgan yog’och-tolali (yog’och qipiqli) plita.