Yo’naltirish (joylashtirish)
Yo’naltirish (joylashtirish) – hududda kuzatuvchi joyini aniqlash va fazodagi o’z joylashuvini bilish tushunchasi. Masalan: chiziqlarni yo’naltirish, xomaki yo’naltirish va hokazolar.

Yo’naltirish (joylashtirish) – hududda kuzatuvchi joyini aniqlash va fazodagi o’z joylashuvini bilish tushunchasi. Masalan: chiziqlarni yo’naltirish, xomaki yo’naltirish va hokazolar.
Yo’nalganlik – yo’nalgan sifatdosh ma’nosiga ko’ra, xususiyat yoki holat.
Yo’l (yo’nalish)ni belgilash – liniyali inshootlar (gaz quvuri, suv ta’minoti, kanalizatsiya, issiqlik magistral, aloqa liniyalari, elektr energiyasi, metro va boshqalar) yo’nalishini loyihalash.
Yo’lka (piyodalar yo’lakchasi) – 1) uylar bo’ylab, ko’cha chetlarida joylashgan piyodalar yo’li; 2) bog’lar, xiyobonlar sayr qilish uchun ajratilgan yo’l.
Yo’ldosh shahar – shahar yoki yirik korxona yaqinida joylashgan va rivojlanayotgan, lekin shahar yoki yirik korxonadan 30 km.dan uzoq bo’lmagan va u bilan yagona iqtisodiy va demografik tizimni tashkil etuvchi … Read More
Yo’ldan foydalanish bo’limi – tegishli yo’l uchastkasining samarali ishlashini ta’minlaydigan uchastka.
Yo’lga oid – yo’lga aloqador, yo’l bilan bog’liq.
Yo’lak (dahliz) – bir qavatdagi xonalarni bog’laydigan bino yoki turar-joy ichidagi uzun o’tish yo’li.
Yo’l-qurilish materiallari – avtomobil yo’llari va maydonlar qurilishida qo’llaniladi. Yo’l qurilish materiallariga tuproqli, keramik va toshli, organik va mineral bog’lovchi moddalar, betonlar va ularga asoslangan mahsulotlar kiradi. Yo’l qurilishida polimer … Read More
Yo’l-iqlimiy mintaqasi – mamlakat hududining avtomobil yo’llarini bunyod etishgi iqlimiy sharoitlar xususiyatlari bo’yicha, suv issiqlik rejimi, yer osti suvlari chuqurligi, yerning muzlash chuqurligi, faqat shu joyga xos bo’lgan atmosfera yog’inlari … Read More