Ishlab chiqarish binolari
Ishlab chiqarish binolari – sanoat va qishloq xo’jalik korxonalarini joylashtirish va odamlar mehnat qilishi va texnologik jihozlardan foydalanishi uchun zarur sharoitlar yaratishini ta’minlaydigan bino.

Ishlab chiqarish binolari – sanoat va qishloq xo’jalik korxonalarini joylashtirish va odamlar mehnat qilishi va texnologik jihozlardan foydalanishi uchun zarur sharoitlar yaratishini ta’minlaydigan bino.
Ishlab chiqarish-texnologik butlash – ishchi mintaqalarga maxsus tashkil etilgan bazalarda ishlab chiqarishda qo’llash uchun to’la, tayyor holga keltirilgan ashyolarni, mahsulotlar va qurilmalarni butlab keltirish.
Ishlab chiqarish (korxona, ish bajarish) – jamiyatning ishlab chiqaruvchi kuchlarini ham, odamlarning ishlab chiqarish munosabatlari ham qamrab olgan moddiy ne’matlarni yaratishning ijtimoiy jarayoni. Masalan: o’zak ishlab chiqarish, temir-beton mahsulotlarini ishlab … Read More
Ishqorsizlash (ishqorini ketkazish) – mineral va jinslardagi eruvchan tuzlarni suv bilan yuvish jarayoni.
Ishqorlilik – 1) biror narsaning ishqor bilan to’yinganlik darajasi; 2) suvning kislotalanishga qarshi turish xususiyati.
Ishqorlash – ivish, barqarorlashtirish va boshqa jarayonlarda suvning ishqoriyligini oshirish uchun suvga ishqor qo’shish orqali suvdagi vodorod ionlari kontsentratsiyasini tartibga solish.
Ishqorbardosh (Ishqorbardoshlik) – kimyoviy bardoshlilik turi, ishqorlar suvli eritmalarining halokatli ta’siriga bardosh beradigan material xususiyati.
Ishqorli – ishqor tarkibli; ishqoriy, ishqorga xos, ularga xos xususiyat; ishqor bilan ta’sir qiladi.
Ishqor – o’simliklarning alohida (yantoq kabi) turlarini yig’ib, quritib, kuydirib tayyorlanadigan kul. Sirkor bezaklarda bo’yoqqa aralashtirib ishlatiladi.
Ishqalangan – siqilgan, qisilgan; silliq chok.