Jom (kosa)
Jom (kosa) – keng tepa va tor pastki qismi bilan tavsiflangan dumaloq idish. Masalan: zoldirlar kosasi, hojatxona jomi, objo’yning ag’darma jomi va hokazolar.

Jom (kosa) – keng tepa va tor pastki qismi bilan tavsiflangan dumaloq idish. Masalan: zoldirlar kosasi, hojatxona jomi, objo’yning ag’darma jomi va hokazolar.
Joyning fototasviri – topografik xaritalar yoki relyef rejalarining asl nusxasini olish uchun suratga olish, shuningdek, topografik ma’lumotlarni boshqa shaklda olish maqsadida bajariladigan ishlar majmui.
Joylashuv – biror narsani tartibga solishdagi tizim, tartib. Masalan: choklarning joylashuvi va hokazolar.
Joylashtirmoq (o’rnashtirmoq) – tarqatish, tartibga solish yoki joy-joyiga qo’yish.
Joylashtirish (joylashuv) – 1) biror narsaning joylashish tartibi; 2) kuzatuvchi tomonidan ufqning yon tomoniga nisbatan uning joylashgan joyini (tik turgan joyini), ob’yektlar va relyef elementlarining umumiy fonida ajralib turadigan belgi … Read More
Joylashtirish (tartiblashga oid) – yaxlit ob’yektda alohida qismlarni tartibga solish, tizimlashtirish. Masalan: ikki pog’onali joylashtirish, imorat (bino)larni joylashtirish, umumiy joylashtirish, xonalarni joylashtirish va hokazolar.
Joylashtirish (o’rinlashtirishga oid) – biror narsaning muayyan joydagi joylashuvi. Masalan: uyni joylashtirish.
Joylashtirish (o’rnatish, qo’ndirishga oid) – 1) yerga daraxt, o’simliklar, sabzavot va hokazolarni ekish jarayoni; 2) bo’shliq yoki shovqin bilan aniqlangan juftlashuvchi qismlarning ulanish xususiyati, ya’ni yig’ilishdan oldingi o’lchamlarining ruxsat etilgan … Read More
Joylashish yagona tizimi – xo’jalikni hududiy tashkil etishni tavsif etuvchi, mehnat samaradorligini oshirish, shahar va qishloqlarni integratsiyalash, hayot darajasi va hayot faoliyati sharoitlarini tenglashtirish asosida, jamiyatni moddiy va madaniy farovonligini … Read More
Joylashgan yer – biror-bir punkt yoki yer yuzi maydonining joylashuvi, holati.