Yoqilg’i
Yoqilg’i – texnik maqsadda ishlatilishi mumkin bo’lgan muayyan jarayon natijasida energiya chiqaruvchi modda.

Yoqilg’i – texnik maqsadda ishlatilishi mumkin bo’lgan muayyan jarayon natijasida energiya chiqaruvchi modda.
Yoqish (o’t qalash) – yuqori isitiladigan tutun gazlarini olish uchun organik yoqilg’ining yonishi.
Yoqmoq – 1) oloni pechda saqlab turish; 2) binolarni isitish uchun o’tin yoki boshqa yonuvchan materiallarni yoqish; xonani batareyada isitish; 3) biror narsani qizdirib eritmoq; uzoq vaqt davomida isitish, qaynatish
Yoysimon – yoy shakliga ega bo’lish.
Juft (qo’sh) – 1) biror narsaning ikki qismi; 2) birgalikda qo’llanib, bir butunni tashkil etuvchi ikkita bir xil predmet. Masalan: juft arqon, qo’sh ustun, qo’sh tayanch (juft tayanch), burovchi qo’sh … Read More
Jo’va – aslahaxona, qurol-aslaha tayyorlanadigan va saqlanadigan joy, qal’aband ustaxona va ombor. Toshkentning qadimiy markazi chegarasida hozirgacha “eski jo’va” toponimi saqlanib qolgan.
Jussa – tashqi ko’rinish, qomat kelishilgan jussali.
Jag’ (tutqich) – biror narsani boshqa joyga ko’chirish, yuklash va hokazolar uchun ushlashga beruvchi ikkita qarama-qarshi tuzilmaning biri. Masalan: chanchak tutqichi (jag’i).
Javoncha – shaxsiy narsalarni ichida saqlash yoki ularni yuqori qopqoq yuzasiga joylashtirish uchun mo’ljallangan kichik, past shkaf.
Yoymoq (yozmoq) – 1) yoygan holda har qanday yuzaga yotqizish, yoyish, tarqatish; 2) har qanday yuzaga yupqa qatlamni yoyish.