AVAR XONLIGI

AVAR XONLIGI — Dog’istondagi davlat (12-19-asrlar). Poytaxti — Xunzax. Ilk o’rta asrlardagi sarir «podsholigi» o’rnida vujudga kelgan. Ummaxon (1634 yil vafot etgan) davrida Avar xonligi yirik siyosiy birlashma bo’lgan. 18-asrda kuchli davlatga aylanib, unga Gruziya podshosi, Darband, Qubo xonlari xiroj to’lab turishgan. 1803 yil uni Rossiya bosib olgan 19-asrning 20-50-yillarida Avar xonligi hududi imomlik tarkibida bo’lgan. 1864 yil chorizm tomonidan Avar xonligi tugatilib, uning hududida Avar okrugi tashkil etilgan.