AVIATSIYA KUCH QURILMASI
AVIATSIYA KUCH QURILMASI — samolyotda tortish kuchi, vertolyotda esa ko’tarish kuchi hosil qiladigan dvigatel va boshqa zarur tizim va qurilmalar majmui. Porshenli dvigatel o’rnatilgan samolyotning vinti ham, vint qanotlarini burish mexanizmi ham Aviatsiya kuch qurilmasiga kiradi, ammo porshenli dvigatellar o’rnatilgan samolyotlarga nisbatan Aviatsiya kuch qurilmasi atamasi o’rniga vint-motor guruhi atamasi ishlatiladi. Aviatsiya kuch qurilmasi yonilg’i bilan ta’minlash, moylash, sovitish, havo berish, ishlatilgan gazlarni chiqarib yuborish, boshqarish va nazorat qilish, dvigatelni yurgizib yuborish tizimlari va boshqa tizimlarni o’z ichiga oladi; qanotlar, dvigatelni mahkamlash uzellari ham Aviatsiya kuch qurilmasi hisoblanadi.